Huseynova Abira Amanovna (tugʻ. 1958-yil, Buxoro shahrida, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, falsafa fanlari doktori, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Buxoro viloyati ilmiy-amaliy boshqarmasi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi[1][2][3].

Abira Huseynova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1958-yil
Buxoro, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Buxoro davlat tibbiyot instituti
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Huseynova Abira Amanovna 1958-yilda Oʻzbekiston SSRning Buxoro shahrida tugʻilgan. 2016-yil dekabr oyidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri[4].

2020-yilda Abira Amanovna IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi etib saylangan[1][5][6].

Mukofotlar

tahrir

2021-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan[6][7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Регионы избрали сенаторов: список“ (ru-UZ). Газета.uz (2020-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  2. „Список членов Сената Олий Мажлиса Узбекистана (2020-2025)“ (ru). ru.freejournal.org. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  3. „Вновь избранные сенаторы в одном списке“ (ru). https://uznews.uz. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  4. „Bukhara State Medical Institute - Bukhara State Medical Institute“. old.bsmi.uz. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  5. „Bukhara State Medical Institute - Bukhara State Medical Institute“. old.bsmi.uz. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  6. 6,0 6,1 „Президент наградил медицинских работников в честь 8 марта“ (ru). Repost. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  7. uza.uz. „О награждении в связи с Международным женским днем – 8 марта“ (uz). Uza.uz (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-may.