Abraj al Bayt (arabcha: أبراج البيت — Uy minoralari deb tarjima qilinadi) — Saudiya Arabistonining Makka shahridagi muqaddas Masjid al-Haram yonida barpo etilgan mehmonxona. U massasi jihatidan dunyodagi eng ogʻir, maydoni jihatidan dunyodagi eng katta bino hisoblanadi. Balandligi jihatidan dunyoda 4-oʻrinda turadi. Qurilishi 2004-yilda boshlanib, 2012-yilda tugatilgan. Umumiy maydoni 1,5 million kvadrat metr.

Abraj al Bayt
Umumiy maʼlumot
Maqomi qurib bitkazilgan
Joylashuvi Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni : Makka
Foydalanilishi mehmonxona
Qurilishi boshlangan 2004-2012
Egasi Saudiya Arabistoni
Balandligi
Antenna / Shpil 601 metr
Tomi 530 metr
Eng yuqori qavati 557.8 metr balandlikda
Texnik holati
Qavatlar soni 120 qavat
Binoning ichki maydoni 1.500.000 kvadrat metr
Liftlar soni 96ta
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Saudi Binladin Group
Abraj al Bayt

Tavsif

tahrir

Ushbu bino haj safariga kelgan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatadi. Bino 8ta qismdan iborat va ularning har biriga nom berilgan: Markazda joylashgan eng baland minora — 120 qavatli Qirol minorasi, mehmonxona hisoblanib, uning balandligi — 601 metr, Hojar va Zamzam minoralarining har biri — 260 metr, Maqom va Qibla minoralarining har biri — 250 metr, Safo va Marva minoralarining har biri — 240 metr balandlikda qurilgan. Binolarda savdo rastalari, avtoturargohlar, majlis markazlari, ofislar bor[1]. Qirol minorasining tepasida, yerdan 400 metr balandlikda toʻrt tomonga qaragan ulkan soatlar oʻrnatilgan. Diametri 43 metr boʻlgan dunyodagi eng ulkan va eng baland soat milining uzunligi 17 metr, daqiqa milining uzunligi 22 metrni tashkil qiladi. Ular toʻrt tomondan shaharning istalgan qismidan koʻrinadi. Qirol minorasining 83 metrli simlari soatni oltin yarim oy bilan bogʻlaydi. 8 qatorli simga 160 ta kuchli karnay oʻrnatilgan boʻlib, ular 7 kilometrdan koʻproq masofada ibodat qilishga chaqirishga qodir. Bu ovozni Makkaning butun aholisi eshitishi mumkin. Innovatsion yoritish tizimi 44 signal chiroqlari, 21 ming dona miltillovchi lampalar va 2 million dona mayda yoritish chiroqlaridan iborat. Soatlarning yuqorisidagi yarim oy shaklidagi inshootning vazni 107 tonna va diametri 23 metr boʻlib, 1050 kvadrat metr maydoni oltin mozayka bilan qoplangan. Yarim oyning ichkarisida bir nechta xonalari boʻlib, ular orasida ibodat uchun moʻljallangan xonasi ham bor.

Manbalar

tahrir
  1. Bashni Abradj al-Beyt, 2014-05-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-08-08

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 6-iyul, 2022-yil(2022-07-06) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.