Abu Dulaf Misʼar ibn Muhalhil al-Xazrajiy Yanbuiy

Abu Dulaf Misʼar Ibn Muhalhil al-Xazrajiy Yanbuiy (X asr) — sayyoh, geograf va shoir. Asli Madina shahriga tobe xazraj qabilasidan.

XX asrning 1-choragida Buxoroga kelgan. 914 — 942-yillarda Somoniylar amiri Nasr ibn Ahmad saroyida xizmat qilgan. U 942-yilda Buxoroga kelgan Xitoy elchilariga hamroh boʻlib Sharqiy Turkiston, Tibet va Xitoyga borgan, shuningdek Eron va Hindistonga ham sayohat qilgan. Yettisuvda qarluqlarning yogʻochdan qurilgan ibodatxonasi borligini va uning devorlariga chizilgan oʻtmish podsholarining rasmlarini koʻrganligini yozgan.

Uning tarixiy geografiyaga oid „Risolat ulavval“ („Birinchi risola“) va „Risolat ul-uxro“ („Ikkinchi risola“) asarlari borligi maʼlum. Bular Movarounnahr, Xitoy va Hindistonning tarixiy geografiyasiga oid tarixiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil