Abu Said Hasan ibn Bahrom al-Jannabiy ((arabcha: أبو سعيد حسن بن بهرام الجنابي); 845/855–913/914) shia va Bahrayndagi Qarmatiylar davlatining (zamonaviy Saudiya Arabistonining sharqiy qismlari hamda Fors koʻrfazini oʻz ichiga olgan hudud) asoschisi. 899-yilga kelib uning izdoshlari mintaqaning katta qismini nazorat qilishgan va 900-yilda Abbosiylar qoʻshini ustidan katta gʻalaba qozongan. U 903-yilda mahalliy poytaxt Hajarni ham bosib olgan va oʻz hukmronligini janub va sharqda Ummonga qadar kengaytirgan. U 913-yilda oʻldirilgan va oʻrniga toʻngʻich oʻgʻli Said taxtga oʻtirgan.

Uning diniy taʼlimoti va siyosiy faoliyati biroz noaniq, chunki hozirga qadar yetib kelgan maʼlumotlar uning vafotidan keyin, asosan dushmanlari tomonidan yozilgan. Shunday boʻlsa-da, u millenialist Ismoiliylarning eʼtiqodlariga ergashgan, mahdiyning yaqin kelajakda qaytishi, anʼanaviy islomiy urf-odatlar va marosimlarga qarshilik qilishiga ishonganlardan boʻlishi taxmin qilinadi. Qarmatiya jamiyati jamoaviy mulkchilik va tenglik tamoyillariga asoslangan boʻlib, ishlab chiqarish va taqsimlash tizimi tayinlangan vakillar tomonidan boshqarilgan. U asos solgan Qarmatiya „respublikasi“ XI asrning oxirigacha mavjud boʻlgan.

Hayoti

tahrir

Abu Said aslida fors millatiga mansub boʻlib, Fors qirgʻogʻidagi Jannaba hududida ulgʻaygan[1]. U 845–855-yillar oraligʻida tugʻilgan[2] va tanasining chap qismi nogiron boʻlib qolgan[1]. Keyinchalik u sosoniylar sulolasiga borib taqaluvchi, shohona nasl-nasabga ega ekanligini daʼvo qilgan (yoki uning izdoshlari tomonidan daʼvo qilingan) [2], lekin hayotining ilk davrlarida u oʻzining tugʻilib oʻsgan Jannabosida, keyinroq esa uning yaqinidagi kichik shaharchalarda moʻynachilik yoki un savdosi bilan shugʻullangan. Keyinchalik esa Kufaga koʻchib ketgan[2].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir