Achchiqmiya
Achchiqmiya (Gobelia pachycarpa) ― Burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 – 45 sm, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uzunligi 10 – 18 sm. Gullari poyaning yuqorisida shingil boʻlib joylashgan. Dukkagining uzunligi 4,5 – 6 sm, eni 7 – 9 mm. Achchiqmiya aprel – mayda gullab, iyun – iyulda urugʻlaydi. Toshkent, Samarqand, Fargʻona va Buxoro viloyatlarida turli sharoitda, shuningdek lalmi ekinlar orasida oʻsadi. Eron va Afgʻonistonda ham tarqalgan. Achchiqmiya zaharli oʻsimlik. Urugʻida va poyasida 2,5 – 3 % alkaloid (asosan paxikarpin, sofokarpin, soforamin, soforidin va aloperinlar) bor. Paxikarpin alkaloidi tibbiyotda har xil qon va teri kasalliklarini davolashda keng qoʻllanadi. Achchiqmiya urugʻi aralashgan bugʻdoy uni achchiq va zaharli boʻladi. Xalq tabobatida Achchiqmiyaning maydalangan urugʻi ovqat hazm boʻlishini yaxshilash va ishtaha ochishda qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |