Portugal tili Afrikaning oltita davlatida rasmiy til hisoblanadi: Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi va Ekvatorial Gvineya davlatlarida portugal tili rasmiy til sanaladi. Janubiy Afrikada Angola va Mozambikdan fuqarolar urushlari paytida oʻz mamlakatlarini tark etgan qochqinlardan tashkil topgan bir nechta portugal tilida soʻzlashuvchi jamoalar mavjud. Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, Afrikaning turli mamlakatlarida oʻn toʻrt millionga yaqin kishi portugal tilidan yagona ona tili sifatida foydalanib kelmoqda[1] va ayrim maʼlumotlarga koʻra uni ikkinchi til sifatida ishlatuvchilar soni oʻn toʻrt milliondan ham koʻp boʻlishi mumkinligi aytilgan. Jumladan baʼzi statistik maʼlumotlarga koʻra, qitʼada oʻttiz milliondan ortiq odam portugal tilida gaplashadi. Fransuz va ingliz kabi, portugal tili Afrikada mustamlakachilikdan keyingi tilga aylandi va Afrika Ittifoqi, Janubiy Afrika taraqqiyot hamjamiyatining ishchi tillaridan biriga aylanib qoldi. Afrikada portugal tili fransuz va ingliz tillarining bosim ostida qolgan til hisoblanadi.

PALOP (Países Africanos de Língua Official Portuguesa) aʼzolari qizil rang bilan belgilangan

Tarqalishi

tahrir

Afrikadagi barcha portugal tilida soʻzlashuvchi davlatlar Angola, Kabo-Verde, Gvineya-Bisau, Mozambik va San-Tome va Prinsipidan iborat PALOP (Países Africanos de Língua Official Portuguesa) tarkibiga kiradi. Til keng tarqalgan Angola va San-Tome va Prinsipidan tashqari, portugal tilida asosan faqat shaharlarda doimiy til sifatida gaplashiladi va foydalanib kelinadi.

Janubiy Afrikada taxminan 300 000 portugal tilida soʻzlashuvchilar bor. Bular Madeyradan kelgan koʻchmanchilar, shuningdek, 1975—yilda ushbu mamlakatlar mustaqillikka erishgandan keyin koʻchib kelgan oq tanli Angolans va Mozambikliklar hisoblanadi. Angola va Mozambikdagi fuqarolar urushlari qochqinlarning (shu jumladan portugal tilida soʻzlashuvchilar) qoʻshni mamlakatlarga koʻchib ketishiga olib keldi: Kongo Demokratik Respublikasi, Namibiya, Zambiya va Janubiy Afrika shular jumlasidandir. Afro-braziliyalik sobiq qullarning Nigeriya, Benin, Togo, Angola va Mozambikka qaytishi qitʼada portugal tilida soʻzlashuvchi aholining koʻpayishiga yordam berdi. Bundan tashqari, portugal tilida soʻzlashuvchi aholining koʻpayishida oq tanli portugallar va ularning avlodlarining Braziliya, Portugaliya va Janubiy Afrikadan sobiq Portugaliya mustamlakalariga: Angolaga 500 ming kishigacha va Mozambikka 350 000 kishi qaytishi muhim rol oʻynadi va ushbu hududlarda ham portugal tilining tarqalishiga sabab boʻldi.

Senegalda, Dakarda portugal tilida soʻzlashuvchi burni-verdiliklar bor. Shuningdek, bir vaqtlar Portugaliya imperiyasining bir qismi boʻlgan Casamance mintaqasining janubiy qismida portugal tiliga oʻxshash Gvineya kreol tilida soʻzlashuvchilar mavjud. Portugal tili butun mamlakat boʻylab chet tili sifatida oʻrgatiladi[2].

Ekvatorial Gvineya, sobiq Portugaliya mustamlakasi, CPLP aʼzosi hisoblanadi. Bu yerda u amalda ishlatilmasa ham rasmiy til sifatida qaraladi.

Mavrikiy Mozambik bilan kuchli madaniy aloqalarga ega. Portugallar orolga birinchi boʻlib yevropaliklar joylashdilar. Mavrikiy davlati ham CPLPga 2006—yilda assotsiatsiyalangan aʼzo sifatida qoʻshildi.

SADC aʼzosi sifatida Zambiya Angola aholisining koʻpligi sababli maktablarda portugal tili darslarini joriy qilgan davlatlardan biri hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. „The Future of Portuguese“. BB Portuguese. 2012-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2012-yil.
  2. „Over 17,000 Senegalese learning Portuguese“. 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.