Agatchagʻil togʻi
(Agatchag‘il tog‘idan yoʻnaltirildi)
Agatchagʻil togʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod-Sariqamish tizmasining bir qismi. Oqqapchigʻay darasidan Ulaynor dovonigacha (22 km ga) choʻzilgan. Mutlaq balandlik- 1280-1300 metrni tashkil etadi. Agatchagʻil togʻining janubi-sharqiy yon bagʻri tik va shimoli-gʻarbiy yon bagʻri esa qiyaroq. Agatchagʻil togʻi zamini boʻr davrining yashil gil, qumtosh, alevrolit, gips va ohaktoshlaridan, suvayirgʻich qismi qattiq ohak-toshlardan tuzilgan. Ohaktosh qatlamining baʼzi joylari suvda erib, kichik gʻorlar hosil qilgan. Togʻ etaklarida quruqsoy koʻp. Soylarning tagini prolyuviy jinslari qoplagan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |