Ajabsanda
Ajabsanda — bugʻda pishiriladigan quyuq taom. Pishirish usuli: katta va kichik 2 ta idish olinadi. Kichik idishga masalliq toʻrtburchak qilib toʻgʻralgan kartoshka, toʻgʻralgan sabzi, pomidor, piyoz, sarimsoq solinib, toʻgʻralgan goʻsht-yogʻlar qavat-qavat qilib taxlanadi. Qavatlarning har biriga tuz, murch, zira va kertilgan oshkoʻklar solinadi. Keyin masalliq idishi bilan katta idishdagi suvga qoʻyiladi. Kichik idish ochiq qolib, katta idish qopqogʻi jips yopiladi, 1,5-2 soat qaynatiladi. Ajabsanda xushxoʻr, bugʻda pishgani uchun yaxshi hazm boʻladi, masalliqlar tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, har xil kislota va boshqa foydali moddalar saqlanib qoladi[1][2].
Turi | quyuq |
---|
Manbalar
tahrir- ↑ Mahmudov K., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989.-ref-OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ http://myp.uz/pazanda/index.php?option=com_content&task=view&id=87&Itemid=42[sayt ishlamaydi]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |