Akhtar Abdur Rahman

Pokiston davlat arbobi (1924-1988)

Akhtar Abdur Rahman (urdu: اختر عبد الرحمن; 1924-yil 11-iyun – 1988-yil 17-avgust) – Pokiston armiyasi generali, Xizmatlararo razvedka yettinchi bosh direktori (1979-1987), Shtab boshliqlari qoʻmitasi beshinchi raisi (1987-1988)[2][3].

Akhtar Abdur Rahman
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-iyun 1924-yil
Peshovar, Britaniya mustamlakasidagi Hindiston[1]
Vafoti 17-avgust 1988-yil(1988-08-17)
(64 yoshda)
Baxavalpur, Pokiston
Oʻlim sababi
Turmush oʻrtogʻi Rashida Akhtar Khan
Bolalari Akbar Akhtar Khan, Humayun Akhtar Khan, Haroon Akhtar Khan, Ghazi Akhtar Khan
Alma mater
Kasbi General, zobit
Mukofotlari Sitara-e-Basalat
Harbiy xizmatlari
Janglari Ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi
Hindiston — Pokiston urushi
Afgʻon urushi (1979—1989)

Hayoti

tahrir

Akhtar Abdur Rahman 1924-yil 11-iyunda Peshovarda istiqomat qiluvchi pushtun millatiga mansub oilada tugʻilgan[4][2][5]. Uning otasi Abdur Rahman Khan shifokor boʻlib[1] va oʻgʻli 4 yoshligida vafot etgan. Otasining vafotidan soʻng u onasi bilan Panjobga koʻchib oʻtgan. Dastlab Hindistonning Ximachalpradesh shtatidagi Shimla shahrida joylashgan Bishop Cotton maktabida oʻqigan[6], keyinchalik 1941-yilda Government College Universityga oʻqishga kirgan. 1945-yilda fan va statistika boʻyicha bakalavr darajasini[2], 1947-yilda esa iqtisodiyot boʻyicha magistr darajasini olgan[7].

Harbiy faoliyati

tahrir

Martabaga koʻtarilishi

tahrir

Dastlab, Akhtar Abdur Rahman 1946-yilda Britaniya-Hind armiyasida xizmat qilgan, oradan uch yil oʻtib, Pokiston armiyasiga qoʻshilgan hamda kapitan lavozimiga koʻtarilgan. Hindiston va Pokiston Boʻlinish davridagi dahshatli voqealarga guvoh boʻlganidan soʻng, Abdur Rahman Nowshera shahridagi Artilleriya maktabiga oʻqituvchi sifatida ishga kirgan. Keyinchalik, Britaniya armiyasi bilan piyoda qoʻshinlarini oʻqitish kursi uchun tanlangan va Buyuk Britaniyaga kursni tamomlash uchun xizmat safariga yuborilgan. Pokistonga qaytgach, Abdur Rahman mayor lavozimiga koʻtarilib, 1954-yilning aprelidan 1954-yilning oktyabriga qadar Sharqiy Pokiston armiyasida harbiy maslahatchi sifatida ishlagan[8]. Abdur Rahman 1956-yil aprel oyidan 1957-yil fevral oyiga qadar shtab zobiti sifatida Umumiy jangovar shtabga (inglizcha: General Headquarters yoki GHQ) qayta koʻchirilgan. 1965-yilgi Ikkinchi Hindiston-Pokiston urushida faol ishtirok etib, IV Korpusda operatsion maydon zobiti etib tayinlangan. 1965-yilgi urushda Abdur Rahman Lohor sektorini mardlarcha himoya qilgan, bu esa uni podpolkovnik unvoniga koʻtarilishiga olib kelgan, lekin Lohordagi artilleriya polkining ikkinchi qoʻmondoni boʻlib qolgan. 1965-yil sentyabr oyidagi otashkesimdan keyin yangi tayinlangan podpolkovnik Abdur Rahman oʻzining 45-Fild Artilleriya polkiga qoʻmondonlik qilib, uni 1966-yil fevraligac qadar Sundra sektoridagi urushga joylashtirilgan Pokiston egallagan hududlarga olib oʻtgan. Urushdan soʻng, Abdur Rahman IV korpusda xizmatda boʻlgan holda polkovnik unvoniga koʻtarilgan. Keyinchalik, brigadir unvoniga ham tayinlanib, mamlakatning shimoliy hududlariga oʻtkazilgan va u yerda Ozod Kashmir urushida piyodalar brigadasiga qoʻmondonlik qilgan[7].

1971-yilgi Hindiston-Pokiston urushida, general-mayor lavozimiga tayinlanishidan oldin Abdur Rahman yana oʻzining 45-Fild Artilleriya polkini Hussainiwala sektorida jang qilgan, u yerda katta jasorat koʻrsatib, Qasar-i-Hind qal’asida gʻalabaga erishgan. Uning 45-Fild Artilleriya polki keyinchalik Armiyalar shtabi tomonidan Fateh Qasar-i-Hind 1971- jangovar unvoni bilan taqdirlangan, Abdur Rahman Hindistonning Qaiser-e-Hind qal’asini egallashda muhim rol oʻynagan[9]. Keyinchalik, Abdur Rahman ikki yulduzli general unvoni – general-mayor unvoniga koʻtarilib, Murrayda joylashgan 12-piyoda diviziyasi qoʻmondoni (GOC) boʻlib ham xizmat qilgan. 12-piyoda diviziyasi GOC lavozimida general Abdur Rahman Bosh vazir Zulfikar Ali Bxuttoga juda yaqin deb hisoblanar edi va Bxutto 12-divizion qoʻmondonlik idorasiga tashrif buyurganida shaxsan oʻzi uni kutib olardi[10][11]. Ahtar 1977-yilgi harbiy toʻntarishda ishtirok etmagan va Bosh vazir Bxuttoni hokimiyatdan chetlashtirish uchun joriy etilgan harbiy holatga shaxsiy qarshi chiqqan. 1977-yilgi harbiy toʻntarishdan olti oy oʻtib, Ahtar ikki yil davom etgan Umumiy shtabdagi adjutant general lavozimiga tayinlangan. Shu vaqt ichida general Abdur Rahman X Korpusning leytenant-generali Faiz Ali Chishti, general Ziya ul-Haqning yaqin hamkori, yashirincha isyonkor boʻlib, mamlakatda harbiy toʻntarish qilishni rejalashtirgan fitnadan xabardor boʻlgan. 1979-yil boshlarida Abdur Rahman general Chishtidan qoʻngʻiroq olib, Chaklala harbiy okrugidagi (CMD) ofisida uchrashgan. Bu uchrashuvda general Chishti unga general Ziya ul-Haqni agʻdarishga qaratilgan fitnani aytib bergan va uning yordamini soʻragan. News International razvedka boʻlimiga koʻra, Chishti Abdur Rahman koʻtarilmaganligi sababli bu taklifni qabul qiladi, deb oʻylagan. Ayniqsa, fitna muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan soʻng, u nafaqat lavozimida koʻtarilgan, balki yangi rejimning ustunlaridan biriga aylanadi, deb vaʼda qilingan. GHQga qaytgach, general Abdur Rahman general Ziya ul-Haq bilan bogʻlanib, Ziyaga qarshi fitnani fosh qilgan. 1979-yil iyun oyida qarshi toʻntarish fosh qilinganidan soʻng, prezident general Ziya ul-Haq general Abdur Rahmanni leytenant general unvoniga koʻtarib, ISI bosh direktori lavozimiga tayinlagan[7].

Sovet-Afgʻon urushi

tahrir

Sovet Ittifoqi oʻzining armiyasini Afgʻonistonga joylashtirganida, Abdur Rahman boshchiligidagi Pokistonning eng yuqori harbiy qoʻmondonligi Sovet Ittifoqining keyingi nishoni Pokiston boʻlishi mumkinligiga ishongan edi. Ular Pokistonning strategik joylashuvi va Arab dengizidagi iliq suv portlariga ega ekanligi sababli, kelajakda bosqinchilik uchun asosiy maqsad boʻlishi mumkin deb hisobladi. Sovetlarning Afgʻonistonni bosib olishi Pokiston milliy xavfsizligiga tahdid solayotganini hisobga olib, Pokistonning bosh razvedka agentligi – ISI (Inter-Services Intelligence), general Abdur Rahman rahbarligida, afgʻon mujohidlariga moliyaviy, harbiy va strategik yordam koʻrsata boshladi. ISI Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va Saudiya Arabistonidan milliardlab dollarlik harbiy yordam oldi va bu mablagʻlar afgʻon isyonchilarini tayyorlash va boshqarishda ishlatildi, maqsad Sovet Ittifoqini magʻlub qilish edi. Bu yashirin operatsiya „Siklon operatsiyasi“ deb nomlanib, CIA tomonidan mablagʻ va qurol yetkazilgan, ISI esa afgʻon mujohidlarini tayyorlab, ularni qoʻmondonlik qilgan. Mujohidlar Sovetlarga qarshi partizan urushini olib borib, oxir-oqibat Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqib ketishiga sabab boʻldi. Shu vaqt ichida general Abdur Rahman AQShdagi muhim shaxslar, jumladan CIA direktori William J. Casey va kongressmen Charlie Wilson bilan samarali hamkorlik aloqalarini rivojlantirdi.

General Abdur Rahman hali ham ISI boshligʻi boʻlganida, uning Pokistonning yadroviy qurol dasturiga taʼsiri oshadi va Abdur Rahman ISIni mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga taʼsir koʻrsatadigan tashkilotga aylantirish uchun qattiq mehnat qilib, oʻz atrofida qatʼiyatli hamkasblarini toʻplaydi. Aynan uning rahbarligi davrida ISI dunyodagi eng qudratli razvedka agentliklaridan biriga aylanadi. 1987-yilda Afgʻon urushidagi ajoyib yutuqlari va Pokiston yadroviy dasturini himoya qilgani uchun general Abdur Rahman oʻz faoliyatining eng yuqori choʻqqisida boʻlgan va toʻrt yulduzli general unvoniga koʻtarilib, Pokiston Qurolli Kuchlaridagi eng yuqori lavozim – Birlashgan shtab boshliqlari qoʻmitasi raisi lavozimini egalaydi[7].

Vafoti

tahrir
 
General Akhtar Abdur Rahmanning qabri

Akhtar Abdur Rahman 1988-yil 17-avgustda Pokistonning oltinchi va amaldagi prezidenti Muhammad Ziyoul-Haq, AQShning Pokistondagi elchisi Arnold Lewis Raphel va boshqa bir qator yuqori martabali generallar bilan samolyot halokati natijasi vafot etadi. U Baxavalpur shahriga AQShning M1 Abrams tankini namoyishini koʻrish uchun prezident Muhammad Ziyoul-Haqning Lockheed C-130 Hercules samolyotida hamrohlik qilgan[12]. Ular namoyishdan soʻng, Baxavalpur aeroportidan Islomobod xalqaro aeroportiga uchishlari kerak boʻladi. Samolyotning havoga koʻtarilishi muvaffaqiyatli oʻtadi, biroq parvozning taxminan 2+1⁄2 daqiqasidan soʻng, nazorat minorasi samolyot bilan aloqani yoʻqotib qoʻyadi. Samolyotni havoda koʻrgan guvohlarning aytishicha, u notekis uchgan va birdan burun qismi bilan pastga shoʻngʻib, yerga urilganda portlab ketgan[13]. Natijada, samolyot ichidagi 31 nafar yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan. Halokatdan koʻp oʻtmay, senat raisi Ghulam Ishaq Khan prezidentlik lavozimini egallab, radio va televideniye orqali prezident Muhammad Ziyoul-Haqning vafot etganini eʼlon qiladi. Turli davlat razvedka xizmatlari, jumladan AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi, SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi, Hindiston RAW, Isroil Mossad va Afgʻoniston KHAD yoki bu toʻrtta razvedka xizmatlariining Pokiston armiyasidagi muxolif guruhlar bilan birgalikdagi ittifoqi ushbu hodisada ishtirok etgani haqida taxminlar mavjud.

Koʻp oʻtmay, tergov qilish uchun maxsus komissiya tuziladi. U halokatning eng ehtimoliy sababi samolyotda sodir etilgan sabotaj harakati ekanligini aniqladi. Shuningdek, yoʻlovchilar va ekipajning harakatsiz boʻlib qolishiga sabab boʻlgan zaharli gazlar chiqarilganini ham taxmin qildi, bu esa nega yordam signalining berilmaganini tushuntiradi. Tergov tafsilotlariga oid boshqa maʼlumotlar haqida ham taxminlar bor. Masalan, samolyotda qora quti oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, u halokatdan keyin topilmagan. Bugungi kungacha samolyot halokatining sababi nomaʼlum boʻlib qolmoqda va bu koʻplab fitna nazariyalariga sabab boʻlgan[14].

Oilasi

tahrir

Akhtar Abdur Rahman 1951-yilda Rashida Akhtar Khan ismli ayol bilan turmush quradi. Ularning Akbar Akhtar Khan (1953), Humayun Akhtar Khan (1955), Haroon Akhtar Khan (1957) va Ghazi Akhtar Khan (1959) ismli farzandlari bor.

Ziddiyatlar

tahrir

Poraxoʻrlik ayblovlari

tahrir

The New York Times tomonidan olib borilgan surishtiruvlardan birida general Akhtar Abdur Rahman, Pokiston razvedka agentligi rahbari sifatida afgʻon mujohidlarini Sovet Ittifoqiga qarshi kurashishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida AQSh hamda boshqa mamlakatlardan milliardlab dollar mablagʻ va boshqa yordamlarni oʻtkazishga yordam bergani aytilgan. Bundan tashqari hisobotda 1985-yilda uning 3 oʻgʻli nomiga Credit Suisse bankida hisob raqami ochilgani qayd etilgan. Bir necha yil oʻtib, ushbu hisobda $3,7 million mablagʻ toʻplangani koʻrsatilgan. Ushbu hisobotga izoh berish soʻrovi bilan bogʻlanganida, uning oʻgʻillari izoh berishdan bosh tortishdi. Kenja oʻgʻli Gʻozi Akhtar Xon matnli xabarda hisob raqamlar haqidagi maʼlumotlar „toʻgʻri emas“ligini va „taxminiy“ ekanligini taʼkidlab oʻtgan. Ushbu daʼvolar hanuzgacha tasdiqlanmagan[15].

Mukofotlari

tahrir
Nishan-e-Imtiaz

(Harbiy)

(Oliy darajadagi orden)

Hilal-e-Imtiaz

(Harbiy)

(Oliy darajadagi yarim oy)

Sitara-e-Basalat

(Oliy xulq yulduzi)

Tamgha-e-Imtiaz

(Harbiy)

(Oliy darajadagi medal)

Tamgha-e-Diffa

(General xizmat medali)

Sitara-e-Harb 1965 urushi

(Urush yulduzi 1965)

Sitara-e-Harb 1971 urushi

(Urush yulduzi 1971)

Tamgha-e-Jang 1965 urushi

(Urush medali 1965)

Tamgha-e-Jang 1971 urushi

(Urush medali 1971)

Pakistan Tamgha

(Pokiston medali 1947)

Tamgha-e-Sad Saala Jashan-e-

Wiladat-e-Quaid-e-Azam

(Muhammad Ali Jinna tavalludining 100 yilligi)

Tamgha-e-Jamhuria

(Respublika xotirasi medali)

1956

Hijri Tamgha

(Hijri Medal)

1979

Akhtar Abdur Rahman haqida yozilgan kitoblar

tahrir
  • Fateh by Haroon-ur-Rasheed
  • Silent soldier by Mohammad Yousaf
  • The Bear Trap by Mohammad Yousaf and Mark Adkin
  • Charlie Wilsonʼs War by George Crile
  • Ghost Wars by Steve Coll
  • A Case of Exploding Mangoʻs Mohammad Hanif
  • Profiles of Intelligence by Brigadier Syed A. I. Tirmizi

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Gen Akhtar Abdul Rahman, the man behind the Soviet defeat in Afghanistan“ (2019-yil 17-avgust).
  2. 2,0 2,1 2,2 Staff report. „General Akhtar Abdul Rehman (Shaheed)“ (2010-yil 17-avgust). 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-sentyabr.
  3. Adamec, Ludwig W.. Historical Dictionary of Afghanistan, 4th Revised, Scarecrow, 2011 — 41-bet. ISBN 978-0-8108-7815-0. 
  4. Rahi, Arwin „Why Afghanistan should leave Pakistani Pashtuns alone“ (en-US). The Express Tribune (2020-yil 25-fevral). 2020-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  5. Shah, Mariam. „An Unsung Hero of Modern History: Gen Akhtar Abdur Rehman“ (2012-yil 12-avgust). 2017-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  6. Ghuman, Jagmeet Y. „Bishop Cotton School Celebrates Sesquicentennial Amidst Much Fanfare“ (en-US). Hill Post (2009-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Khan, Salman. „General Akhtar Abdul Rahman Shaheed (1924–1988)“ (2012-yil 17-avgust). Qaraldi: 2012-yil 13-sentyabr.
  8. „Humayun Akhtar Khan General Akhtar Abdur Rehman in 1955 in East Pakistan“ (2010-yil 11-avgust).
  9. The Battle of Hussainiwala and Qaiser-I-Hind: The 1971 …. 
  10. By Humayun Akhtar Khan „Major General Akhtar Abdur Rehman with Prime Minister Zulfiqar Ali Bhutto in Murree in 1975“ (2006-yil 9-yanvar).
  11. By Humayun Akhtar Khan „General Zia – ul – Haq and Major General Akhtar Abdur Rehman with Zulfiqar Ali Bhutto in Murree, 1976“ (2006-yil 9-yanvar).
  12. Ali, Naziha Syed. „Dawn investigations: Mystery still surrounds Gen Zia's death, 30 years on“ (en). DAWN.COM. Islamabad: Dawn Newspaper. Dawn Newspaper (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
  13. Dawn investigations: Mystery still surrounds Gen Ziaʼs death, 30 years on
  14. Crossette, Barbara (Fall 2005), „Who Killed Zia?“, World Policy Journal, XXII (3)
  15. Jesse Drucker, Ben Hubbard.. „Vast Leak Exposes How Credit Suisse Served Strongmen and Spies“ (2022-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.