Mehmed Akif Ersoy

(Akif Mexmetdan yoʻnaltirildi)

Mehmed Akif Ersoy (yoki Mehmed Ragif; 1873-yil 20-dekabrda tugʻlilib, 1936-yil 27-dekabrda vafot etgan) — Turkiya va Kipr Turk Respublikalari madhiyasining muallifi[2]. Mashhur turk shoiri. Shu bilan bir qatorda oʻqituvchilik, gazetachilik, tarjimonlik va hatto vetirinarlik qilib kelgan. Biroz muddat siyosiy faoliyat bilan ham shugʻullanib koʻrgan. Madhiya bilan birga „Chanoqal’a dostoni“ va „Bulbul“ kabi sheʼrlarini 1911—1933-yillarda yagona kitobga jamlab, „Safohat“ deb nom bergan. Yetti sheʼr kitobni oʻz ichiga olgan bu asari ancha mashhur. Ozodlik urushi (Kurtuluş Savaşı 1919—1922) vaqtida TBMM (Turkiya Buyuk Millat Majlisi)da deputat boʻlgan.

Mehmed Akif Ersoy
Tavalludi 1873-yil 20-dekabr
Istanbul, Fotih mahallasi
Vafoti 1936-yil 27-dekabr
Istanbul
Kasbi Turkiya Istiqlol marshi(madhiyasi)ning muallifi
Ijod qilgan tillari Usmonli turk tili[1]
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi va Turkiya
Otasi Mehmed Tohir Afandi
Onasi Omina Sharif xonim
Imzosi

Hayoti

tahrir

Mehmed Akif Ersoy 1873-yilning dekabr oyida Istanbulga qarashli Fotih tumanidagi Sarigoʻzal mahallasida dunyoga kelgan. Ammo otasi oʻsha paytlarda Bayramich tumanida imomlik qilib kelganligi uchun Ersoyning tugʻilgan yeri hujjatlarda Bayramich sifatida qayd qilingan[3]. Onasi asli buxorolik boʻlgan lekin, keyinchalik Anaduluga koʻchib oʻtgan bir oilaning qizi Omina xonimdir. Alban millatiga mansub boʻlgan otasi asli Kosovaning Ipakli shaharchasida tugʻilgani uchun unga Ipakli Tohir Afandi deb murojaat qilishadi. Mehmed Tohir Afandi oʻgʻliga Abjad hisobi boʻyicha Ragif deb ism qoʻyadi(Hijriy 1290-yilga toʻgʻri keladi). Otasining oʻlimiga qadar Ragif ismidan foydalansa ham, onasi va doʻstlarining unga Akif deb murojaat qilganligi tufayli Ragifga koʻproq bu ism maʼqul keladi. Keyinchalik bu ismdan keng foydalanadi[4]. Bolaligi asosan Sarigoʻzaldagi uyida oʻtadi. Nuriya ismli singlisi ham bor. 1913-yilning 6-mart kuni eʼlon qilingan „Uch miyasiz boshning dardiga uch million xalqim“ deb boshlanadigan sheʼrida „Buni mendan eshitingiz, menki, ha, Arnavut (alban)man… Boshqa hech narsa demayman… Ana, mening parishon yurtim!“ misralarida oʻzining bir alban ekanligiga ishora qiladi.

Konstitutsiyaviy hukumat davrining taʼsiri

tahrir

Konstitutsiyaviy tuzum eʼlon qilingan vaqtda Mehmed Akif davlat tashkilotida mudir yordamchisi boʻlib ishlab kelayotgan edi. U ayni paytda Abdulhamid ll istibdodiga qarshi qattiq muxoliflik qilganlardan biridir. Hatto Abdulhamidni har koʻrganida „koʻngli aynishini“ xotiralarida yozib qoldirgan[5][6]. Meshrutiyat eʼlon qilinganidan keyin doʻsti Fotih Hojaning tavsiyasiga koʻra oʻn bir doʻsti bilan „Ittihod va taraqqiy jamiyati“ga aʼzo boʻlib kiradi. Mehmed Akif bu jamiyatga aʼzo boʻlish uchun qilinadigan qasam ichish marosimida „Jamiyatning butun amirlariga soʻzsiz boʻysinaman“ deyishdan bosh tortadi. Va buni „Faqat yaxshi va toʻgʻri qarorlariga“ shaklida oʻzgartirishga erishadi[7].

Gazetalardagi faoliyati

tahrir

Meshrutiyat eʼlonidan keyin Mehmed Akif matbaa faoliyatidagi dastlabki qadamlarini tashlaydi. 1908-yilda chiqarilgan „Sirati Mustakim“ gazetasida bosh muharrir boʻlib ishlaydi. Gazetaning birinchi nashrida „Fotih jomesi“ sheʼri eʼlon qilinadi. 1912-yildan boshlab esa „Sebil-ur Rishad“ gazetasi chiqa boshlaydi. Mehmed Akifning deyarli barcha sheʼrlari shu gazetada eʼlon qilinadi. 1910-yilda yuz bergan Albaniyadagi qoʻzgʻolon Mehmed Akifni qattiq xafa qiladi. U roʻy berishi mumkin boʻlgan mudhish voqealarni oldindan sezgandi. Bolqon hududlarining ajralib chiqishiga qarshi nimadir qilish kerakligini taʼkidlab keladi. Ammo Bolqon urushlari roʻy bergach, qattiq tushkunlikka tushib qoladi. Akif nima boʻlganda ham Usmonli davlatida tugʻilib oʻsgan bir inson edi. 1914-yil ikki oylik sayohatga chiqib, Misr va Madinaga boradi. Misrga sayohatini „Al Uskudar“ nomli sheʼrida taʼriflab oʻtadi.

Turk ozodlik harakatidagi ishtiroki

tahrir

Birinchi jahon urushidan keyin Usmonli davlati deyarli bosib olinadi. Shundan soʻng Mehmed Akifning Istanbulda yashashi va qolishi uchun toʻsiqlar paydo boʻla boshlaydi. Istanbuldan chiqib ketgan Akif Anaduluga yoʻl oladi. Anaduluda ozodlik kurashini boshlab yuborgan Mustafa Kamol Poshsho „Sebil-ur Rishad“ gazetasini chiqarishi uchun Akifni Anqaraga taklif qilgan edi.[8] Mehmed Akif Turkiyaning ozodlik kurashida muhim rol oʻynaydi. Koʻniyo va Kastamanu kabi viloyatlarda xalqni ozodlik kurashiga chorlash uchun tashviqotlar qiladi. Gazetasida maqolalar eʼlon qilib, Diyorbakir kabi viloyatlarga tarqatadi. Akif yozgan maqolalarning taʼsiri kuchli boʻlgani uchun uning gazetalari Sovet davlatiga kirishi taʼqiqlab qoʻyiladi. Anqaradagi Tajeddin dargohida yashab turgan yeri hozirgi kunda „Mehmed Akif Ersoy uy muzeyi“ sifatida foydalanishga topshirilgan.

 
Mehmed Âkif Ersoyning Anqaradagi uy muzeyi

Turkiya madhiyasining yozilishi

tahrir

U vaqtda taʼlim vaziri boʻlib ishlab kelgan Hamidulloh Suphibeyning iltimosiga binoan Akif milliy madhiyani yozish boʻyicha tashkillashtirilayotgan musobaqaga qatnashishga rozilik beradi. Ammo musobaqa gʻolibligi uchun qoʻyilgan 500 liralik mukofot pulini eshitgach, musobaqaga qatnashishdan bosh tortadi. Doʻstlari oʻrtaga tushib, uni bu musobaqaga qatnashishga koʻndirishadi. 1921-yil 17-fevral kuni yozib tugatilgan bu milliy madhiya 12-mart kuni, soat 17:45 da milliy madhiya sifatida eʼlon qilinadi. Akif mukofot sifatida berilgan 500 lirani urushda askarlar uchun kiyim tikkan va bolalarga taʼlim berib kelgan „Dur-ul Mesai“ vaqfiga topshiradi[9].

Mehmed Akif 1922-yilda sogʻligʻini sabab qilib koʻrsatib, millat vakili (deputatlik) lavozimidan isteʼfoga chiqadi. Mustafa Kamol Poshsho bilan baʼzi masalalarda kelisha olmagan Mehmed Akif Misrga ketib qoladi[10]. Misrda turkcha darslar berish bilan bir qatorda Qur’onni turkchaga tarjima ham qilish ishlariga hissa qoʻshadi[11]. Qohiradagi Jamiat ul Misiriya Universitetida turk tili va adabiyotidan dars beradi.(1925-1936)

Turkiyaga qaytishi va vafoti

tahrir

Sirroz kasalligiga chalingan Mehmed Akif davolanish uchun 1936-yilning 17-iyun kuni Istanbulga qaytib keladi. Ammo koʻp oʻtmay ahvoli ogʻirlashadi va 1936-yilning 27-dekabr kuni vafot etadi. Hozirda qabri Edirnekapidagi shahidlik qabristonida joylashgan. Turkiya hukumati qarori bilan 2011-yil Turkiyada Mehmed Akif Ersoy yili deb eʼlon qilinadi.

 
Mehmed Akifning janozasi (1936-yil 28-dekabr)

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. ^ İstiklal Marşı Kabul edildi, 12 Mart 1921 TarihteBugun.org"
  3. ^ Tansel, Fevziye Abdullah. „Mehmet Akif’in Doğum Yeri Bayramiç midir=". bayramicfm.tr.gg. Kubbealtı Akademi Mecmuası, Yıl 6, Nisan 1977, Sayı 2. 21 Ocak 2017 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 28 Ekim 2016
  4. ^ "Ölümünün 71’inci yılında Mehmet Akif Ersoy, Zaman Gazetesi, 29.12.2007“. 23 Aralık 2010 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 19 Aralık 2010.
  5. ^ a b Gözütok, Şakir. „Mehmet Âkif Ersoy ve İttihat ve Terakki ile İlişkileri“ (PDF). Türk Tarih Kurumu,. İttihatçılar ve İttihatçılık Sempozyumu (25 Kasım 2014) Bildiri Kitapçığı Cilt III, Türk Tarih Kurumu, Ankara 2015. 28 Ekim 2016 tarihinde kaynağından (PDF) arşivlendi. Erişim tarihi: 28 Ekim 2016.
  6. ^ Köroğlu, Erol. „Ottoman Propganda and Turkish Identity:Literature in Turkey During World War I“. books.google.com.tr. Tauris Academic Studies, 2007. 11 Nisan 2016 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 28 Ekim 2016.
  7. ^ a b Gözütok, Şakir. „Mehmet Âkif Ersoy ve İttihat ve Terakki ile İlişkileri“ (PDF). Türk Tarih Kurumu,. İttihatçılar ve İttihatçılık Sempozyumu (25 Kasım 2014) Bildiri Kitapçığı Cilt III, Türk Tarih Kurumu, Ankara 2015. 28 Ekim 2016 tarihinde kaynağından (PDF) arşivlendi. Erişim tarihi: 28 Ekim 2016.
  8. ^ „Yrd. Doç. Dr. Saadettin Yıldız, Milli Mücadele ve Mehmet Âkif“. 19 Ocak 2012 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 19 Aralık 2010.
  9. ^ „Osman Koçıbay, Mehmed Âkif Ersoy ve Burdur, Kocibay.net sitesi“. 28 Kasım 2010 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 19 Aralık 2010.
  10. ^ a b Ayşe Hür, İstanbul’da 'aziz', Ankaraʼda 'mürteci', Mısır’da 'Hıristiyanʼ: Mehmed Âkif Ersoy, Radikal gazetesi, 28.12.2014
  11. ^ a b „Mehmet Akif’in Kuranʼı Tercüme Meselesi, Tefekkur Dergisi“. 24 Kasım 2015 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 24 Nisan 2015