Al-Hayl
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Al-Hayl (arabcha: الحيل) – Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Fujayra shahri chekkasida, Hayl vodiysining ogʻzida joylashgan hudud[1]. Hayl vodiysidagi eski qishloq anʼanaviy ravishda Kunud qabilasining uyi hisoblanadi[2].
Al-Hayl الحيل | |
---|---|
25°5′33.1087″N 56°14′38.0098″E / 25.092530194°N 56.243891611°E | |
Mamlakat | Birlashgan Arab Amirliklari |
Amirlik | Fujayra |
|
Al-Hayl 1,7 milliard Birlashgan Arab Amirliklari dirhami qiymatidagi Muhammad bin Zayed City qurilish loyihasi boʻlib, 1 100 ta uy va kvartiradan iborat boʻlishi rejalashtirilgan, shuningdek, ushbu hududda, jamoat xizmatlari ham taklif qilinadi[3].
Al-Hayl qal’asi[4] tepalikdagi istehkom boʻlib, uning qurilish vaqti 1932-yilga toʻgʻri keladi. Vodiy, shuningdek, Temir davriga oid deb taxmin qilinuvchi petrogliflar toʻplamini ham oʻz ichiga oladi[5]. Hududda qoyatosh rasmlari sanʼatining 100 dan ortiq namunalari hujjatlashtirilgan, biroq ularning bir qismi karyerlar, sanoat maydonlari va turar-joy maydonlarining kengayishi tufayli xavf ostida[6].
Kunudlar
tahrirKunudlar Islom paygʻambari Muhammad davrida Yamandan Ummon hududiga koʻchib kelgan Asvad Al-Kindining avlodlari ekanligi taxmin qilinadi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Walker, J.. Lonely Planet Oman, UAE & Arabian Peninsula, Travel Guide. Lonely Planet Global Limited, 2016 — 907-bet. ISBN 978-1-78657-305-6. Qaraldi: 2018-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Putting it back together“ (en). gulfnews.com. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Construction begins on Dh1.7bn Fujairah housing project“ (en). The National. Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Al Hayl Fort“ (en). www.lonelyplanet.com. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ Ziolkowski, M. C. (May 1998). "A study of the petroglyphs from Wadi al-Hayl, Fujairah, United Arab Emirates (1)" (en). Arabian Archaeology and Epigraphy 9 (1): 13–89. doi:10.1111/j.1600-0471.1998.tb00109.x. ISSN 0905-7196.
- ↑ „Progress threatens rare UAE rock drawings“ (en). The National. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ Heard-Bey, Frauke. From Trucial States to United Arab Emirates : a society in transition. London: Motivate, 2005 — 32-bet. ISBN 978-1-86063-167-2. OCLC 64689681.