Al-Kazimiya masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلْكَاظِمِيَّة) Iroq Bagʻdod shahrining Kadhimayn chekkasida joylashgan shia islom masjidi va ziyoratgohi. Unda yettinchi va toʻqqizinchi oʻn ikki shia imomlari, mos ravishda Muso al-Kazim va uning nabirasi Muhammad al-Javadning qabrlari joylashgan. Shuningdek, ushbu masjid hududida tarix olimlari Shayx Mufid va Shayx Nosiriddin at-Tusiylar dafn etilgan[1][2][3]. Masjidga toʻgʻridan-toʻgʻri tutash tarzda, aka-uka Sayyid Radiy (Nahjul-Balogʻa kitobini tuzgan) va Sayyid Murtodo hamda Qozi Abu Yusuf al-Ansoriyga tegishli ikkita kichikroq ziyoratgoh joylashgan.

Masjid
Al-Kazimiya masjidi
مَسْجِد ٱلْكَاظِمِيَّة
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 33°22′48″N 44°20′17″E / 33.38000°N 44.33806°E / 33.38000; 44.33806
Yoʻnalishi shia
Meʼmoriy uslub Safaviylar meʼmorchiligi
Maqomi masjid va ziyoratgoh
Holati amaldagi

Tarixi

tahrir
 
Masjid 1962-yil

Masjid milodiy 762-yilda Bagʻdodning qadimiy shahrihududida, Quraysh qabristoni oʻrnida qurilgan. Bu qabriston milodiy 799-yilda yettinchi oʻn ikkinchi imom Muso al-Kozimning, 834-yilda uning nabirasi, toʻqqizinchi imom Muhammad al-Javodning dafn etilgan joyiga aylantirilgan. Hozirgi bino Safaviylar shohi Ismoil I tomonidan 1502-1524-yillarda amalga oshirilgan restavratsiya davriga toʻgʻrida vujudga keltirilgan. Usmonli sultoni Sulaymon 1534-yilda Bagʻdodni zabt etgandan soʻng uni yanada ziynatlagan. Oʻshandan beri u yaxshi taʼmirlangan holatda saqlanishda davom etgan[4].

Taʼmirlash ishlari va texnik xizmat koʻrsatilishi

tahrir
 
2018-yil dekabr oyida

Ichki tuzilishi

tahrir
 
Zarih Kazimayn qabrlari ustida

Masjidning bosh hovlisi va uning atrofidagi xonalarning vayron boʻlgan inshootini taʼmirlash 2007-yil oxirigacha boʻlgan toʻrt oylik muddatni oʻz ichiga olgan uch bosqichda amalga oshirilgan[5]. Loyiha hovli boʻylab eski vayron boʻlgan devorlarni olib tashlash, devor va shiftlarga turli armaturalar qoʻshish, shuningdek, masjid boʻylab elektr simlarining texnik holatini yaxshilashdan iborat boʻlgan[5]. Ichki tuzilish qurib boʻlingandan soʻng, pol va devorlar turli xil marmar bilan qoplangan[5]. Masjidning sovutish moslamalarini yangilash 2008-yil oxirida boshlangan[6] va 2008-yil 28 noyabrda yangi suv filtrlash moslamalari oʻrnatilgan[7].

Masjidga yangi ayollar kirish eshigi, yaʼni Bob al-Fotima (arabcha: بَاب ٱلْفَاطِمَة), 2008-yil oxirida qurila boshlangan[8]. Ushanda ziyoratchilarga taom berish uchun moʻljallangan masjidning yangi xonalari qurilishi ham amalga oshirilgan[9].

Tashqi tuzilishi

tahrir

Saddam Husayn hukumati qulagandan keyin masjidda amalga oshirilgan eng dastlabki ishlardan biri Bob al-Qibla (arabcha: بَاب ٱلْقِبْلَة) deb nomlanuvchi masjidning kirish eshigini taʼmirlash boʻlgan[10]. Darvoza va tashqi devor jiddiy eʼtiborsizlik tufayli toʻliq taʼmirlanishi kerak edi. Bu taʼmirlash ishlari 2006-yil sentyabr oyining boshida boshlangan boʻlib, 7 oy davom etgan[10].

Muhammad at-Taqiy qabri ustidagi oltin gumbaz 2008-yil mart oyida Muhammad va uning avlodi Jaʼfar as-Sodiqning tavallud kunlarini nishonlash chogʻida qaytadan tilla suvi bilan bezaklangan va keng omma uchun ochiq deb eʼlon qilingan[1]. Muso al-Kozim qabri ustidagi gumbazni taʼmirlash ishlari 2008-yil avgust boshida Husayn ibn Ali, Abbos ibn Ali va Ali ibn Husaynlarning tavallud kunlari marosimlarida boshlangan[3].

Mashhur dafn marosimlari

tahrir
 
1932-yil
 
1932-yil

Oxirgi vaqt jadvali

tahrir
Sana Voqea
2004-yil 2-mart Olomon Ashuroni xotirlash uchun yigʻilgan paytda kamida 75 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi[11]. Karbalodagi Imom Husayn masjidida ham ayni shu vaqtda portlashlar sodir boʻldi.
2005-yil 31-avgust Bu masjid Bagʻdod koʻprigida toʻplanib qolgan olomonning manzilgohi edi.
2007-yil 6-iyun Masjid yaqinida sodir boʻlgan qoʻsh avtomobil portlashi oqibatida kamida 7 kishi halok boʻld[12].
2007-yil 27-iyun Bomba oʻrnatilgan avtomobil portlashi oqibatida kamida 14 kishi halok boʻldi, 22 kishi yaralandi[13].
2008-yil 25-mart Muhammad at-Taqiy qabri ustidagi yangi zarhal qilingan gumbaz ommaga ochiq deb eʼlon qilindi, chunki shu sanada Muhammad va uning avlodi Jaʼfar as-Sodiqning tavallud kunini nishonlash uchun olomon yigʻilgan edi[1].
2008-yil 27-dekabr Bomba oʻrnatilgan mashina portlashida kamida 24 kishi halok boʻldi, 46 kishi yaralandi, ularning aksariyati shia ziyoratchilari edi. Portlash ziyoratgohning asosiy darvozalaridan biri boʻlgan Bob al-Dirvazadan 100 yard uzoqlikda sodir boʻlgan[14].
2009-yil 4-yanvar Ayol kiyimidagi erkak xudkush hujumchi[15] 38 kishini oʻldirdi va 72 nafar shia ziyoratchilarini Ashuroga tayyorgarlik koʻrayotganvaqtda yarador boʻlishiga sabab boʻldi[16] [17].
2009-yil 8-aprel Masjid yaqinida polietilen paket ichida qoldirilgan bombaning portlashi oqibatida 7 kishi halok boʻldi, 23 kishi tan jarohati oldi-[15] [18] [19].
2009-yil 24-aprel Juma namozi uchun masjid tomon yoʻl olgan ikki xudkush ayol portlashi oqibatida kamida 66 kishi halok boʻldi, 125 kishi yaralandi[15] [20].
2016-yil 2-may Uchta bomba oʻrnatilgan avtomobillarning seriyali portlashi amalga oshirildi. Kamida 21 ziyoratchi halok boʻldi, 45 nafari yaralandi. Ziyoratchilar Imom Muso al-Kozim va boshqashahid boʻlganlarni xotirlashayotgan edi. Portlashlardan soʻng darhol IShID terrorchilik guruhi javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi[15] [21].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  2. „تاریخچه حرم کاظمین“ (fa). kazem.ommolketab.ir. 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  3. 3,0 3,1 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Al-Jawadain2009" defined multiple times with different content
  4. Jawad, Aymen (2013), Al Kathimayn Shrine, Baghdad, Iraq Heritage Foundation
  5. 5,0 5,1 5,2 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  6. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  7. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  8. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  9. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  10. 10,0 10,1 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ar). www.aljawadain.org. 2009-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  11. „Blasts Kill 125 at Iraq Shiite Shrines“. The Washington Post (2004-yil 2-mart). Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  12. Gamel, Kim. „Bombs hit Baghdad neighbourhood near Shiite shrine“. thestar.com (2007-yil 6-iyun). Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  13. „Car bombing near Shiite shrine kills 14“. USA Today (2007-yil 28-iyun). Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
  14. Dagher, Sam. „Car Bomb Near Baghdad Shrine Kills 24, as Iraqi Shiites’ Holiest Month Approaches“. New York Times (2008-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2008-yil 27-dekabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Iraqi police say 60 dead in double shrine bombing“. CTV.ca. 2009-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.
  16. Redha, Usama; Yoshino, Kimi. „Suicide bomber kills 38 near Iraqi shrine“. Los Angeles Times (2009-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.
  17. „Pilgrims die in Iraq bomb blast“. BBC (2009-yil 4-yanvar). 2009-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-yanvar.
  18. „7 killed, 23 wounded in blast near Iraq holy shrine“. CNN.com (2009-yil 8-aprel). 2009-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.
  19. Raghavan, Sudarsan; Mizher, Qais. „7 Killed in Baghdad Near Shiite Shrine“. The Washington Post (2009-yil 9-aprel). Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.
  20. „Suicide blasts kill 66 at Baghdad Shiite shrine“. Yahoo! News. 2009-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-aprel.
  21. „Car bombing kills at least 18 pilgrims in Baghdad, ISIS claims responsibility“. cbc.ca. 2016-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-may.

Havolalar

tahrir