Alambardor maqbarasi
Alambardor maqbarasi — Turkmanistondagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Somoniylar sulolasidan Muntasir (1005 y. vafot etgan) dafn qilingan deb taxmin etiladi. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali, murab-ba tarxli (10,35×10,35 m), devorlari qalin, gumbaz osti bagʻallariga gʻishtlar mavjli shaklda terilgan. Bosh tarzi uch qismga boʻlingan. Oʻrtadagi chuqur ravok-li peshtoq va ikki yonidagi yassi ravoqda gʻishtlar naqsh hosil qilib terilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |