Aleksey Alekseyevich Jdanov (ruscha: Алексей Алексеевич Жданов; 1976-yil 1-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi.

Aleksey Jdanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksey Alekseyevich Jdanov
Tavallud sanasi 1-mart 1976-yil (1976-03-01) (48 yosh)
Tavallud joyi Toshkent SSSR, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995-1998 Chilonzor 70 (64)
1998-1999 Soʻgʻdiyona 57 (33)
2000 Doʻstlik 18 (1)
2001 Paxtakor 27
2002 Lada-Tolyatti 34 (5)
2002Metallurg (Ijara) 1 (0)
2003 Lada-Tolyatti 47 (2)
2004-2006 FC KAMAZ Naberezhnye 56 (5)
2006KAMAZ-2 (Ijara) - (-)
2006Fakel Voronej (Ijara) 13 (0)
2006 Spartak Tambov 10 (2)
2008 Olmaliq 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Aleksey futbolchilik faoliyatini Toshkentning „Chilonzor“ jamoasida boshlagan. 1996-yilgi mavsumda 50 ta gol bilan Oʻzbekiston birinchi ligasi toʻpurari boʻlgan. 1997—1998-yillarda Chilonzor klubi bilan Oliy ligada oʻynagan va oʻsha mavsumda 30 ta oʻyin 14 ta gol urgan. 1998—1999-yillarda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safida 57 ta oʻyin oʻtkazib, 33 ta gol urgan. 2000-yil boshida „Doʻstlik“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa tarkibida bir mavsum davomida oʻynagan.

2001-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtib, bir mavsum oʻynagan. Mavsum davomida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan. Patxako jamoasi bilan Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻldi va oliy liga kumush medallarini qoʻlga kiritgan[1].

Yutuqlar

tahrir
Doʻstlik
  • Oʻzbekiston chempioni: 2000-yil
Paxtakor
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2001-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2001-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Алексей Жданов КАМАЗ“. 2015-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.

Havolalar

tahrir