Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (TAI) — oʻzbek tili, adabiyoti va folklorining tarixi, hozirgi holati, boshqa xalqlar tillari va adabiyotlari bilan aloqalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa.

1934-yil yanvarda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqotlar institutining (1931-33) filiali boʻlimlari asosida tashkil topgan. 1937-yil rus shoiri A.S.Pushkin nomi berilgan. 1939-yilda Til, adabiyot va tarix instituti tarzida qayta tashkil etilgan. 1940-yildan SSSR Fanlar Akademiyasi Oʻzbekiston filiali, 1943-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi institut. Institut negizida 1943-yilda Tarix instituti, 1967-yilda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi, 1968-yilda Oʻzbek sovet ensiklopediyam Bosh tahririyati tashkil topdi. 1991-yilda institut 2 mustaqil institutga — Adabiyot va Tilshunoslik institutlariga ajradi. 1991-yilda Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi [1]. 1998-yilda bu institutlar birlashtirilib, hozirgi nomidagi institut tashkil topdi. Institutga turli yillarda O.Hoshimov (1934-37), IAhmedov (1937), F.Kamolov (1938), S. Husainov (1938-40), M. Yoʻldoshev (1940), V. Zohidov (1941), Amir Najib (1942-44), H.Zarifov (194448), I.Sultonov (194850), Oybek (1950), Yu.Sultonov (195152), V.Reshetov (1953-55), S.Qosimov (1955-58), A.Qayumov (1958-61), H.Qurbonova (1962-64), Q.Xonazarov (196471), Sh.Shoabduraxmonov (1971 74), M.Nurmuhamedov (1974-75), M.Qoʻshjonov (1975-86), B.Nazarov (1986-90), T.Mirzayev (1998-yildan) rahbarlik qiddilar. Institut faoliyati Fitrat, Elbek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Uygʻun, Gʻozi Olim, Olim Sharafiddinov, H.Zarifov, MAfzalov, Izzat Sulton, M.Alaviya, 3. Husainova, Faxri Kamol, Qayum Ramazon, Olim Usmon, Z.Maʼrufov, S.Ibrohimov, F. Abdullayev, Gʻ. Karimov, J. Sharipov, V.M. Jirmunskiy, Ye.E.Bertels, A.N.Kononov, Ye.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, P.Shamsiyev, Xolid Rasul, H.Sulaymonov, H.Yoqubov, Gʻ.Abdurahmonov, A.Hojiyev, N.Karimov, B. Nazarov, E.Begmatov, E.Fozilov, P.Qodirov, A.Hayitmetov, A.Abdugʻafurov, C.Faniyeva, M. Qoʻshjonov, U.Toʻychiyev, S Akobirov, N.Mamatov kabi atokli yozuvchi va olimlar faoliyati bilan bogʻliq; institut tarkibida 10 boʻlim bor: folklor, mumtoz adabiyot tarixi, 20-asr adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, hozirgi oʻzbek tili, oʻzbek tili tarixi va dialektologiyasi, terminologiya, leksikologiya va leksikografiya. Institutda 20 dan ortiq fan doktori, 40 ga yaqin fan nomzodi bor.

Institut olimlari bir necha avlodining ilmiyijodiy faoliyati tufayli Oʻzbekistonda asoslari maʼrifatparvarlik va jadidchilik mafkurasiga borib taqaladigan yangi adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tilshunoslik yuzaga keldi. Oʻzbek tili tarixi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, stilistikasi va terminologiyasi masalalari har tomonlama tadqiq etildi, turli davrlarda oʻnlab leksikologik va terminologik lugatlar yaratildi. Bular orasida „Oʻzbek dialektologiyasi“, 2 jildli „Oʻzbek tili grammatikasi“, „Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi“, 3 jildli „Oʻzbek adabiy tili taraqqiyoti“, „XIII-XIV ayerlar turkiy adabiy yodgorliklari tili“, 1 va koʻp jildli Uzbekcharuscha va Ruschaoʻzbekcha lugʻatlar, 2 jildli „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“, 1 va 4 jildli „Navoiy asarlari lugʻati“, „Oʻzbek xalq shevalari lugati“, „Oʻzbek tilining imlo lugʻati“ kabi asarlar bor.

Adabiyot va folklor merosini toʻplash, nashr etish, oʻrganish, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalarni tadqiq etish sohalarida ham jiddiy yutuqparga erishildi.

5 va 2 jildli „Oʻzbek adabiyoti tarixi“, 2 jildli „Adabiyot nazariyasi“, 3 jildli „Bolalar adabiyoti tarixi“ 3 jildli „Oʻzbekistonda tarjima tarixi“, 7 jildli „Oʻzbek xalk, ijodi boʻyicha tadqiqotlar“ turkumi, 3 jildli „Oʻzbek folklori ocherklari“ kabi kitoblar nashr etildi. Alisher Navoiy, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Hamza, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon kabi shoir va yozuvchilar asarlarining koʻp jildli akademik nashrlari tayyorlandi. 2 jildli „Oʻzbek maqollari“, 37 jildli „Oʻzbek xalq ijodi“ namunalari chop etildi.

Istiklol sharofati bilan oʻzbek adabiyoti, folklori va tilini oʻrganish tom maʼnoda yangilandi. Avvalo, oʻzbek adabiyetining shoʻro davrida oʻrganilmagan, chala yoxud notoʻgʻri talqin qilingan qirralarini tadqiq etishga kirishildi. Jumladan, tasavvuf adabiyetining Yassaviy, Boqirgʻoniy, Mashrab, Huvaydo, Soʻfi Olloyor singari yetakchi namoyandalari ijodi har tomonlama tadqiq etildi. Husayn Boyqaro, Ubaydiy, Feruz, Umarxon singari gʻukmdorijodkorlar hayoti va ijodini oʻrganishga kirishildi.

Institutda oʻzbek xalqining ming yillik ogʻzaki ijodi namunalarining toʻla va mukammal nashrlarini tayyorlash boʻyicha tadqiqotlarolibborildi. Jumladan, „Alpomish“ dostoni yaratilganining 1000-yilligi munosabati bilan dostonning akademik nashri birinchi marta toʻla holda amalga oshirildi. Institutda oʻzbek folklori va adabiyotining eng qad. davrlardan bugungi kungacha boʻlgan taraqqiyotini koʻrsatuvchi 12 jiddli tarixini yaratishga kirishildi.

Mustaqillik yillarida institutning xalqaro aloqalari kengaydi. „Alpomish“ dostoni Germaniya va Turkiyada nashr qilindi, institut olimlari tadqiqotlari Xitoy, Germaniya, Rossiya va Turkiyadagi nufuzli jurnali va toʻplamlarda chop etilmoqda, shuningdek, AQSH, Yaponiya, Koreya, Turkiya mamlakatlari fuqarolari institutda ilmiy ish olib bormoqda.

Institutda aspirantura va doktarantura taʼlimi yoʻlga qoʻyilgan. Institut huzurida doktorlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashtirilgan kengash faoliyat koʻrsatmoqda. Institutda 1958-yildan „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnali nashr etiladi[2].

Tashkil etilgan yili

tahrir

1934-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti respublikamizda folklorshunoslik, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yoʻnalishlaridagi eng yirik ilmiy markaz hisoblanadi.

Boʻlimlari

tahrir

Institutda 8 ta boʻlim boʻlib, ularda folklorshunoslik, oʻzbek adabiyoti tarixi, XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (istiqlol davri adabiyoti), adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, til tarixi, dialektologiya va turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish, hozirgi oʻzbek tili terminologiya, leksikologiya va leksikografiya sohalari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi.

Hodimlari

tahrir

Institutda 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 1 tasi Oʻz Fanlar Akademiyasi akademiklari, 10 tasi fan doktorlari 24 tasi fan nomzodlari, 11 ta katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tahskil qiladi. Institutda adabiyotshunoslik va tilshunoslik ixtisosliklari boʻyicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha D 015.04.01 va DK 015.04.02 raqamli ixtisoslashgan kengashlar faoliyat koʻrsatadi.

Asarlari

tahrir

Institutda 1958-yildan beri ikki oyda bir marta chiqadigan „Oʻzbek tili va adabiyoti“ ilmiy jurnali chop etiladi. Hozirgi kunda Institutda 15 jildli „Oʻzbek folklori va adabiyoti tarixi“, 3 jildli „Adabiyot nazariyasi“, 5 jildli „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“, „Oʻzbek tilining imlo lugʻati“, „Ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-ruscha lugʻat“, „Mumtoz adabiy asarlar tilining qisqacha lugʻati“ kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Institutning xalqaro aloqalari

tahrir

AQSH, Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Yaponiya, Rossiya, Eron, Turkiya, O'rta Osiyo davlatlari hamda Qozog'istondagi yetakchi ilmiy markazlarning adabiyotshunos, tilshunos hamda folklorshunoslari bilan olib borilayotgan aloqalar hamda ular ishtirokida ilmiy-nazariy anjumanlar, simpoziumlar va davra suhbatlari tashkil qilinishi Institut faoliyatining muhim jihatlaridandir.

Shuningdek, institutda

tahrir

AQSH, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Veytnam singari davlatlarning fuqarolari aspirantura va ilmiy stajirovkada boʻlib, oʻzbek tili va adabiyotining turli dolzarb muammolari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlar olib borayaptilar. Institut ilmiy salohiyatiInstitutda filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi T.Mirzayev, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi N.Karimov, akademik B.Nazarov, filologiya fanlari doktori, professor E.A.Begmatov, filologiya fanlari doktori E.Umarov, filologiya fanlari doktori, Xalqaro Yassaviy mukofoti sohibi I.Haqqulov, filologiya fanlari doktori, professor M.Joʻrayev, filologiya fanlari doktori, filologiya fanlari doktori N.Rahimjonov, filologiya fanlari doktori U.Toʻychiyev, filologiya fanlari doktori, filologiya fanlari nomzodi Sh.Turdimov, P.Mirza-Ahmedova, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, B.Yusufov, R.Barakayev, J.Eshonqulov, N.Hasanov, U.Hamdamov, D.Xudoyberganova, Xalqaro Yassaviy mukofoti sohibi S.Rafiddinov singari respublikamizda va xorijda eʼtirof etilgan olimlar faoliyat koʻrsatayaptilar.

Hozirgi kunda

tahrir

Institutda fundamental tadqiqotlar dasturi boʻyicha 2, davlat ilmiy-texnik dasturlari boʻyicha 3, innovaitson loyihalar boʻyicha 1, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi fundamental tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash fondi loyihalari boʻyicha 1 mavzuda ish olib borilayapti.

Yana q.

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. [https://lex.uz/docs/-1024776 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomini berish to‘g‘risida” qarori“] (lex.uz).
  2. Toʻra Mirzayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil