Alisher Qodirov
Alisher Keldiyevich Qodirov (1975-yil 12-mart, Toshkent shahri, O'zbekiston SSR, SSSR)[1] – Oʻzbekistonning oʻng qanotli siyosatchisi, 2019-yil 22-maydan boshlab, Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari. 2015-yildan beri O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[2]. 2021-yilda „Milliy tiklanish“ DP nomidan Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etgan.
Alisher Qodirov | |
---|---|
Milliy tiklanish partiyasi lideri | |
Mansab davri 22-may 2019-yil | |
Oʻtmishdoshi | Sarvar Otamuratov |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III chaqiriq deputati | |
Mansab davri 2015-yil 5-yanvar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Siyosiy partiyasi | O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi |
Otasi | Keldi Qodirov |
Taʼlim | 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi |
Kasbi | filolog, iqtisodchi |
Dini | Islom Hanafiy |
Faoliyati | siyosatchi |
Qodirov 2021-yilda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovida „Milliy tiklanish“ partiyasidan koʻrsatilgan nomzod boʻlib, islohotlar va oʻzgarishlarga qaratilgan bir qancha platformalarda ishtirok etgan va oʻzbek muhojirlari uchun daromad soligʻini joriy etish takliflari, shuningdek, plagiatlikda ayblovlar bilan bogʻliq jiddiy bahs va mojarolarga duch kelgan. Shunga qaramay, Qodirov saylovchilarning 5,5% ovozini qoʻlga kiritib, ovoz berishda uchinchi oʻrinni egalladi va saylovda peshqadamlardan biriga aylandi. 2021-yilgi Prezident saylovidan soʻng koʻpchilik, hatto boshqa partiyalar aʼzosi ham uni Oʻzbekistondagi mavjud siyosiy tuzumni oʻzgartira oladigan shaxs sifatida qabul qildi.
Biografiyasi
tahrirQodirov 1975-yil 12-martda Toshkentda tugʻilgan. 1996-yilda Egey universiteti (Izmir, Turkiya), 2009-yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan), 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Kasbi boʻyicha filolog va iqtisodchi[3]. Oʻzbek, rus, turk va ingliz tillarini biladi. U oila qurgan va uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati
tahrir1996–1997-yillarda Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boʻlimining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlagan. 1997–2008-yillarda Jizzax viloyatida davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yetakchi mutaxassis boʻlib ishlagan. 2008–2015-yillarda Jizzax viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boʻlimi boshligʻi boʻlgan[4].
2015-yilda u „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi[5]. 2017-yilda u Oliy Majlisning budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, shuningdek Oliy Majlisning xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi boʻldi, shuningdek respublika Maʼnaviyat va taʼlim markazining rahbari boʻldi[6]. Qodirov COVID-19 pandemiyasi davrida karantin cheklovlari yumshatilishini qoʻllab-quvvatlab, virus oʻlimiga nosogʻlom turmush tarzi sabab boʻlayotganini aytdi va odamlarni ortiqcha ovqatlanmaslik, oʻz sogʻligʻini asrashga chaqirdi[7][8]. 2021-yil aprel oyida u davlat organlariga barcha murojaatlar oʻzbek tilida yozilishi kerakligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taklif qilgan, ammo u qabul qilinmagan[9].
2019-yil 22-mayda u Sarvar Otamurodov oʻrniga Milliy tiklanish demokratik partiyasining rahbari etib saylandi[10].
Oʻzbekiston prezidentlik saylovi (2021)
tahrir2021-yilgi Oʻzbekiston Prezidenti saylovidan soʻng Qodirov Milliy tiklanish partiyasidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan nomzod sifatida koʻrildi[11]. 2021-yil 6-avgustda boʻlib oʻtgan partiya plenumida Qodirov „Milliy tiklanish“ partiyasidan Prezidentlikka nomzod etib koʻrsatilgan[12]. U yerdan, uni platforma tezislari boʻyicha markazchi chap „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi plagiatda aybladi[13]. Saylov kampaniyasi davomida u taʼlim, davlat boshqaruvi, iqtisod, ijtimoiy adolat va fuqarolik erkinliklari bilan bogʻliq masalalarda qatnashib, ularda qator islohotlar va oʻzgarishlarni talab qildi[14]. Qodirov, shuningdek, xorijda yashayotgan oʻzbek muhojirlari uchun munozarali daromad soligʻi toʻlashni taklif qildi, bu esa, ayniqsa, uning saylovdagi raqibi va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning qarshiligiga uchradi[15][16].
Ijtimoiy tarmoqlarda
tahrirAlisher Qodirov Telegram va Twitter ijtimoiy tarmogʻida oʻz mualliflik kanalini yurgizadi. Unda jamiyat, siyosat va taʼlim borasida oʻz fikrlarini yozib boradi. U 2021-yil 22-iyul kuni oʻz Telegram kanalida ijtimoiy tatmoqlarda „NAH“ (nafrat, adovat va hasad) virusi tarqalgani haqida yozdi[17].
Fotolavhalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Кто такой Алишер Кадыров? Биография политика, известного своими резонансными высказываниями, из которой многое становится ясно“ (ru). Podrobno.uz (2021-yil 29-aprel). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1568358097
- ↑ https://ru.buy-us.net/8143583/1/kadyrov-alisher-keldievich.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://ru.buy-us.net/8143583/1/kadyrov-alisher-keldievich.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2019/06/14/parliament/
- ↑ „Лидер политической партии «Миллий тикланиш» выступил в роли диетолога“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (2020-yil 13-avgust). 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
- ↑ „Фракция муносабати: Карантиннинг юмшатилиши энди хоҳлаган ишни қилиш мумкин дегани эмас“. parliament.gov.uz (2020-yil 13-avgust). 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
- ↑ „В Узбекистане партии отклонили законопроект об обращении в госорганы на государственном языке“ (ru). Радио Озодлик (2021-yil 29-aprel). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1568358097
- ↑ „В Узбекистане в преддверии выборов создан свой Жириновский“ (ru). Красная весна (2021-yil 21-iyun). 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Известный резонансными высказываниями депутат Алишер Кадыров стал третьим кандидатом в президенты Узбекистана“ (ru). Podrobno.uz (2021-yil 6-avgust). 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „Партия "Адолат" обвинила Алишера Кадырова в плагиате предвыборной программы“ (ru-RU). Nuz.uz (2021-yil 7-sentyabr). 2021-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Alisher Keldiyevich Qodirov Saylovoldi Dasturining Asosiy Yo'nalishlari“ (uz). mt.uz. 2021-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ „"Давайте будем патриотичнее": Кадыров заявил, что мигранты должны платить налоги во благо развития страны“ (ru). Kun.uz (2021-yil 14-oktyabr). 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Мирзиёев прокомментировал идею Кадырова о подоходном налоге для трудовых мигрантов“ (ru). Kun.uz (2021-yil 16-oktyabr). 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „«Ижтимоий тармоқларда НАҲ вирусини юқтирганлар кўпайиб бормоқда» — Алишер Қодиров“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 22 июль.