Amir Temur gʻori — Surxondaryo viloyati Boysun togʻidagi ibtidoiy odamlar manzilgohi boʻlgan gʻor. Bu gʻorda 1939-yilda A. P. Okladnikov arxeologik qazishlar olib borgan. Unda uchta qatlam boʻlib, yuqoridagi ikkitasi yangi tosh davriga, eng quyisi mustʼye davriga taalluqlidir. Bu qatlamda oʻchoq va baʼzi joylarida pista koʻmirning qoldiqlari topilgan. Amir Temur gʻoridan Teshiktosh gʻoridagiga oʻxshash qoʻpol ishlangan yirik qirgʻichlar, plastinalar, lappaksimon nukleuslar va ulardan uchirib olingan tosh parchalari chiqqan. Shu bilan birga gʻordan xilma-xil hayvon va qushlarning suyak qoldiqlari ham topildi. Amir Temur gʻorida ibtidoiy odamlar jamoa-jamoa boʻlib yashagan, ovchilik va temirchilik bilan shugʻullangan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. "Amir Temur gʻori" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil