Amu-Zang kanali
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Amu-zang kanali, Amu-Zang mashina kanali- Surxondaryo viloya-tidagi sugʻorish kanali. Amudaryo oʻng qirgʻogʻidan, Surxondaryoning quyilish joyidan 16 km yuqoridan suv oladi. Amudaryo suvini Zang gidrouzeli yuqori bʼefiga koʻtarib beradi. 1973-yilda qurilgan. Uz. 56 km, suv oʻtkazish imko-niyati 20 m³/s. Suvni maksimal koʻta-rib berish bal. 77 m (ikki bosqichda). Kanal tarkibiga ikkita bir xil tipdagi nasos stansiyalari kiradi. Amu-Zang 1 nasos stansiyasi suvni daryodan 500 m uzunlikdagi taʼ-minlovchi kanal orqali oladi, koʻtarish balandligi 33 m, 16 nasos agregati oʻrnatilgan, umumiy quvvati 10 ming kVt; Amu-Zang 2 nasos stansiyasining suvni koʻtarib berish balandligi 44 m, kuvvati 12,8 ming kVt. A-Amu-Zang kanali ishga tushirilishi Surxondaryo viloyatining janubida Zang magistral kanalidan sugʻoriladigan 20 ming ga yerni Amudaryo suvi bilan sugʻorish imkoniyatini yaratdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |