Zang kanali
Zang kanali — Surxondaryo viloyatidagi sugʻorish kanali. Uzunligi 96 km, suv oʻtkazish imkoniyati 85 m3/sek. Kanal Arpapoya qishlogʻi yaqinida Surxondaryodan suv oladi. 3. k. — qadimgi kanallardan biri (taxminan 9—10-asrlarda qazilgan), bir necha marta ayta tiklangan. Hozirgi Z. k. deyarli qadimgi kanal oʻrnida 1912 y. qayta qazilgan. 30-yillarda Angor, Tallimaron, 50-yillarda Beshqoʻton, Muzrabot massivlari oʻzlashtirilishi bilan kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Tallimaron tarmogʻi Muzrabotsoygacha uzaytirildi, 1967 yilda kanalning bosh qismida Jarqoʻrgʻon gidrouzeli qurildi (3. k. shu gidrouzel sistemasiga kiradi). 1972 yilda, Amu-Zang kanali qurilgach, Z. k. Amudaryodan suv ola boshladi. Z. k. Jarqoʻrgʻon, Termiz, Muzrabot tumanlaridagi 60 ming ga yaqin yerni sugʻoradi va Uchqizil suv omborini suv bilan taʼminlaydi. Kanalning 40 km ga yaqin qismiga beton yotqizilgan. Sugʻorish mavsumidan boshqa davrda kanal suvi Uchqizil suv omboriga beriladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |