Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi — changchi va qonunchi sozanda, Oʻzbekiston Konservatoriyasi professori Abdurahmon Xoltojiyevning qonun cholgʻusini ijro etishni oʻrganish uchun darslik[1].
Muallif(lar) | Abdurahmon Xoltojiyev |
---|---|
Muharrir(lar) | R.Qosimov |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Nashr etilgan sanasi | 2005-yil |
Oʻzbekiston Konservatoriyasi dotsenti, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Saibjon Begmatov va “Hamza Hakimzoda Niyoziy” nomidagi Respublika musiqa kolleji oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Temur Mahmudov ushbu darslikka taqriz yozgan. 2005-yil Toshkentda nashr etilgan.
Mazkur darslik qonun cholgʻusi ijrochiligi boʻyicha saboq olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan. Unda qonun cholgʻusi haqida tarixiy maʼlumotlar, cholgʻuning tarkibiy tuzilishi, ijrochilik uchun muhim hisoblangan uslubiy tavsiyalar va amaliy dasturlar munosib oʻrin olgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Abdurahmon Xoltojiyev. Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi. R.Qosimov: , Toshkent, 2005 — 82-bet.