Anatoliy Kim
Anatoliy Kim (1918-yil 28-dekabr, Borodino qishlogʻi, Nikolsk-Ussuriysk uezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1982-yil yanvar, Neklinovskiy tumani, Rostov viloyati, RSFSR) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dmitrov nomidagi kolxoz brigadiri[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Anatoliy Kim | |
---|---|
Tavalludi |
28-dekabr 1918-yil Borodino qishlogʻi, Nikolsk-Ussuriysk uezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 1982-yil yanvar |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumi |
Kasbi | kolxoz brigadiri |
Mukofotlari |
|
Tarjimai holi
tahrir1918-yilda Nikolsk-Ussuriysk uezdi Borodino qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1931-yil oʻzining qishlogʻidagi boshlangʻich maktabning besh sinfini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Posyetsk tumanidagi „Peschaniy“ kolxozida boshlagan[2].
1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatiga deportatsiya qilinadi[1]. 1937-yildan boshlab Oʻrta Chirchiq tumanidagi Sovet Konstitutsiyasi kolxozi brigadiri. 1946-yilda Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomidagi kolxozning dala brigadasi brigadiri. 1950-yil VKP (b) safiga qabul qilinadi[2].
1950-yilda Anatoliy Kim brigadasi 17,3 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 122,9 sentnerdan yashil kanop poyasi yetishtirildi[2]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].
U bir necha bor Quyi Chirchiq tuman xalq deputatlari Kengashiga deputat etib saylangan (1950—1960). Butunittifoq VDNX koʻrgazmalarida qatnashgan (1955-1957, 1960, 1962).
1963-yildan u Rostov viloyatida yashab, u yerda Matveevo-Qoʻrgʻon tumanidagi „Mir“ kolxozida sholichi boʻlib ishlagan. 1964-yildan – Neklinovskiy tumanining Troitskoye qishlogʻida joylashgan „Rossiya“ kolxozida sholichilik brigadasi brigadasi.
1975-yilda nafaqaga chiqdi. Neklinovskiy tumanida yashagan.
1982-yil yanvar oyida vafot etdi.
Olgan mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Lenin ordeni;
- „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali;
- „Shavkatli mehnat uchun“ medali (1950);
- VDNXning kumush (1962) va 2 ta bronza medali (1955, 1960).
Adabiyotlar
tahrir- Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
- Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
- Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
- Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
- Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Ким Анатолий“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 German Kim, Video-Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo truda Kim Anatoliy
- ↑ Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019.