Andijon tumani
Andijon tumani – Andijon viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. U 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Andijon viloyati |
Maʼmuriy markazi | Kuyganyor |
Asos solingan sanasi | 1926-yil 29-sentyabr |
Hokim | Bobur Bahodirovich Yuldashev |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeksi | +998-74- |
Internet domeni | uz |
Avtomobil raqami kodi | 60 |
Xaritada | |
40°52′0.1″N 72°19′0.1″E / 40.866694°N 72.316694°E |
Joylashuvi
tahrirAndijon tumani Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming kilometr kvadratni tashkil qiladi.
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirAndijon tumanida 1 ta shaharcha va 54 ta qishloqni birlashtirgan 9 ta qishloq fuqarolar yigʻini mavjud.
Geografiyasi
tahrirAndijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon-Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Boʻtaqora, Yorboshi qirlari mavjud. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy daryolari oqib oʻtadi. Sovuqbuloq bulogʻi, Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali, Quyi Ulugʻnor kanali, Kuyganyor nasos stansiyasi, Koʻtarma nasos stantsiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari mavjud. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efеmеr oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi. Sudraluvchilar, kеmiruvchilar va qushlar ham bor[1].
Iqlimi
tahrirIqlimi – keskin kontinental. Iyul oyining oʻrtacha harorati – 27,3°, yanvar oyida esa minus 3° darajagacha boʻlishi mumkin. Vegetatsiya davri – 160-180 kun davom etadi. Tumanda yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻingarchilik kuzatiladi.
Aholisi
tahrirAholisi 177,3 ming kishi (2000). Tuman aholisining milliy tarkibi – oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, qirgʻiz va boshqa millat vakillarni tashkil etadi. Har 1 kv.km.ga 465 kishi toʻgʻri keladi. 10,2 ming kishi shaharda, 163,1 ming aholi qishloqlarda istiqomat qiladi[1].
Iqtisodiyoti
tahrirTuman xoʻjaligining aosiy qismi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Shuningdek, sanoat, transport, aloqa korxonalari faoliyat yuritadi. Korxona xoʻjaliklari paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 10ta qoʻshma korxona, 114ta kichik korxona, 14ta aksiyadorlik jamiyati, 74ta xususiy hamda 10ta shirkat korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi – paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 12,0 ming gektar, shu jumladan 5,8 ming gektar yerga paxta, 0,5 ming gektar yerga sabzavot, 1,2 ming gektar yerga beda, 0,2 ming gektar yerga sholi mahsulotlari ekiladi, 0,2 ming gektar yer bogʻdan iborat. Andijon tumanida 15ta shirkat xoʻjaligi, 9ta xoʻjaliklararo korxona, 1 nafar urugʻchilik xoʻjaligi, 116ga yaqin fermer xoʻjaligi va agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 37,2 ming qoramol, 37,7 ming qoʻy va echki, 48,1 ming parranda yetishtiriladi[2].
Madaniyati
tahrirAndijon tumanida Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti(1999) joylashgan. Bundan tashqari tumanda Andijon viloyat nasos stansiyasi, viloyat sabzavot va nav urugʻlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati va qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish markazi(laboratoriya) ish olib boradi. 1999-yil 2-sentyabrda Oqyor sanoat kasb-hunar kolleji binosi qurib, bitkazilib ishga tushirish uchun topshirildi. Kollejda 280 nafarga yaqin oʻquvchi tahsil oladi(2000). 2000-yilda akademik litsey ham tashkil etildi. 1999—2000 oʻquv yilida 53dan ortiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari mavjud boʻlib, ularda 39,6 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Tumanda maxsus gimnaziya va 3ta litsey mavjud. Shuningdek, 1465 oʻrinli kasalxona va dispanser mavjud boʻlib, ularda 94 nafar shifokor, 458ta oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim faoliyat yuritadi[2].
1962-yildan buyon „Andijon tongi“ tuman gazetasi bosib chiqariladi.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Andijon viloyat hokimyatining sayti (Wayback Machine saytida 28-dekabr 2011-yil sanasida arxivlangan)(rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |