Andoza:Bugun:02-2
Sugʻur kuni (AQSh va Kanada)
- 962 — Otton I Gʻarbiy Yevropada 40 yil ichida ilk bor imperatorlik tojini kiydi.
- 1536 — Pedro de Mendoza Buenos-Ayres shahriga asos soldi.
- 1905 — Sankt-Peterburgdagi Misr koʻprigi qulab tushdi.
- 1922 — James Joyce (tasvirda) qalamiga mansub „Ulysses“ romani chop etildi.
- 1943 — Stalingrad jangida feldmarshal Friedrich Paulus yetakchilik qilgan 91 000 nafar nemis askari asir olindi.
- 1946 — Janubiy Saxalin va Kuril orollari SSSR tarkibiga qoʻshib olindi.
- 1982 — Suriyada „Suriya islom isyoni“ harakati bilan toʻqnashuvda oddiy fuqarolar halok boʻldi.