Andrew Wiles

britaniyalik matematik

Andrew Wiles (talaffuzi: Endryu Uayls) (1953-yil 11-aprelda tugʻilgan)[1]  — angliyalik-amerikalik matematik. Sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1996-yil Wolf mukofotini olgan. Fermatning soʻnggi teoremasini isbotlab bergani uchun 2016-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Andrew Wiles
Tavalludi 11-aprel 1953-yil (1953-04-11) (71 yosh)
Cambridge, Angliya
Fuqaroligi Angliya
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari John Coates
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Taniyama–Shimura gipotezasi isboti, shu bulan bir qatorda Fermatning soʻnggi teoremasi isboti
Iwasawa teoreyasining asosiy gipotezasi isboti
Mukofotlari

Wiles 1974-yilda Oxford universitetining Merton kollejida bakalavr darajasini olgan[3] . 1975-yil yozida Cambridge universitetining Clare kollejida ilmiy faoliyatini boshlagan va u yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4]. 1977-1980-yillarda Clare kollejida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan[5].

Wiles 1981-yil Princeton universitetida ishlay boshlagan[6]. 1985–86-yillarda Parisdagi Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida hamda Oliy normal maktabda ishlagan. 1988–90-yillarda Oxford universitetida ishlagan, soʻngra Princetonga qaytgan va u yerda 2009-yilgacha ishlagan. 2011-yilda yana Oxfordga qaytgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Andrew Wiles“. famous-mathematicians.com (2012-yil 20-yanvar).
  2. „2016: Sir Andrew J. Wiles“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  3. „Sir Andrew Wiles appointed first Regius Professor of Mathematics at Oxford“. News & Events. Oxford universiteti (2018-yil 31-may). Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  4. „Andrew Wiles“. National Academy of Sciences. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  5. „Alumni“. King's College School, Cambridge. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  6. 6,0 6,1 O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F. „Andrew John Wiles Biography“. MacTutor History of Mathematics archive (2009-yil sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.

Havolalar

tahrir