Annual Review of Economics

ilmiy tadqiqot jurnali

Annual Review of Economics – iqtisodga oid maqolalarning yillik hajmini nashr etuvchi ilmiy jurnal. U 2009-yilda tashkil etilgan va Annual Reviews tomonidan nashr etilgan. Hammualliflar Philippe Aghion va Hélène Reylardir.

Annual Review of Economics
Yoʻnalish Iqtisodiyot
Til inglizcha
Tahrirchi Philippe Aghion, Hélène Rey
Nashr tafsilotlari
Tarixi 2009–hozirgacha
Nashriyot
Chastota Annually
Ta'sir omili
5.970[1] (2021)
ISO 4 Bu yerdan topasiz
Indekslanishi
LCCN 2008214322
JSTOR annureviecon
OCLC no. 190859329

Tarixi

tahrir

Annual Review of Economics birinchi marta 2009-yilda Annual Reviews notijorat nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Uning asoschi muharrirlari Timothy Bresnahan va Nobel mukofoti sovrindori Kenneth Arrow boʻlishgan[2]. 2021-yildan jurnal bosma va onlayn nashrlarda chop etila boshlaydi[3].

Qoʻllash doirasi va indekslash

tahrir

Annual Review of Economics jurnali oʻz koʻlamini iqtisoddagi muhim oʻzgarishlarni qamrab olgan holda belgilaydi. Jumladan, maxsus kichik fanlar makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, xalqaro, ijtimoiy, xulq-atvor, madaniy, institutsional, taʼlim va tarmoq iqtisodiyoti, davlat moliyasi, iqtisodiy oʻsish, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy iqtisod, oʻyinlar nazariyasi va ijtimoiy tanlov nazariyasi kabi yoʻnallishlarni oʻz ichiga qamrab oladi[4]. 2022-yil holatiga koʻra, Journal Citation Reports jurnalining taʼsir faktorini 5,970 deya koʻrsatib, uni „Iqtisodiyot“ toifasidagi 379 jurnal orasida oʻttiz toʻqqizinchi oʻrinda qayd etdi. Ushbu jurnal Scopus, Ijtimoiy fanlar iqtiboslar indeksi, ABI/INFORM, EconLit va boshqa toifalarida mavhumlashtirilgan va indekslangan[5].

Tahririyat

tahrir

Jildlar muharrirlari

tahrir

Sanalar jurnal jildining bosh muharriri yoki hammuallifi sifatida qabul qilingan nashr yillarini koʻrsatadi. Jildini rejalashtirish jarayoni jild paydo boʻlishidan ancha oldin boshlanadi. Shuning uchun bosh muharrir lavozimiga tayinlanish odatda bu yerda koʻrsatilgan birinchi yil oldidan sodir boʻlgan. Nafaqaga chiqqan yoki vafot etgan muharrir ishi hatto oʻlimidan keyin nashr etilgan boʻlsa ham, rejalashtirishga yordam bergan jildning bosh muharriri sifatida hisoblanishi mumkin.

Joriy tahririyat

tahrir

2022-yil holatiga koʻra, tahririyat qoʻmitasi ikkita muharrir va quyidagi aʼzolardan iborat:[10]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Journal Impact Factors“. Annual Reviews. 2017-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
  2. Arrow, Kenneth J.; Bresnahan, Timothy (2009). „Preface“. Annual Review of Economics. 1-jild. doi:10.1146/annurev.ec.1.081709.100001.
  3. „Expected Publication Dates“. Annual Reviews (26-yanvar 2021-yil). 2016-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2021-yil.
  4. „Annual Review of Economics“. Annual Reviews. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2021-yil.
  5. „Annual Review of Economics“. MIAR. Qaraldi: 26-yanvar 2021-yil.
  6. „CO-EDITORS OF THE ANNUAL REVIEW OF ECONOMICS - VOLUME 9, 2017“. Annual Reviews. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  7. „Front Matter“. Annual Review of Economics. 7-jild. 2015. ISSN 1941-1383.
  8. „EDITOR OF THE ANNUAL REVIEW OF ECONOMICS - VOLUME 10, 2018“. Annual Reviews. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  9. „CO-EDITORS OF THE ANNUAL REVIEW OF ECONOMICS - VOLUME 11, 2019“. Annual Reviews. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  10. „Annual Review of Economics, Current Editorial Committee“. Annual Reviews. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2021-yil.