Anorboy Xoʻjaboyev
Anorboy Rustamovich Xoʻjaboyev (1941-yil, Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Anorboy Rustamovich Xoʻjaboyev | |
---|---|
Tavalludi |
1941-yil Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Biografiyasi
tahrirAnorboy Xoʻjaboyev 1941-yilda Angren shahri yaqinidagi Qorabogʻ qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1960—1963-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1963—1967-yillarda Toshkent politexnika instituti mexanika fakultetida tahsil olgan. 1967—1969-yillarda Toshkent elektromexanika texnikumi oʻqituvchisi, 1969—1971-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranti, 1976—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, dotsent, kafedra mudiri, pedagogika fakulteti dekani, katta ilmiy xodim, 1996—1998-yillarda respublika hunar taʼlimi ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 1998—2005-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha hamda maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari, 2004—2018-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida loyiha rahbari, boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan. 2018-yildan Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti katta ilmiy xodimi[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1974-yilda „Paxta terish apparati shpindelining geometrik parametrlarini optimallashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1992-yilda „Mehnat taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlashda oʻquv — uslubiy majmuani ilmiy-pedagogik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 170 ga yaqin ilmiy, uslubiy maqolalar muallifi. Rossiya pedagogika fanlari akademiyasi akademigi (2004)[1].