Antinatalizm
Antinatalizm (yun. ἀντί - "qarshi", lot. natalis — "tugʻish") falsafiy qarash boʻlib, yangi avlod koʻrishni qoralaydi. U Sofokl, Arthur Schopenhauer, Heinrich Heine, Mark Twain, Emil Cioran, Peter Wessel Zapffe, Philipp Mainländer, Gustave Flaubert, Philip Larkin, Chris Korda, Les U. Knight, David Benatar, Matti Häyry, Thomas Ligotti va Richard Stallman[1] kabi shaxslar tomonidan ilgari surilgan.
Tarafdor argumentlar
tahrirAntinatalizm tarafdorlari bunday siyosat orqali seraholilik va undan kelib chiquvchi ocharchilik[2] hamda energetik resurslar kamayishi[3] muammolarini yechish mumkin, deb taʼkidlashadi. Oilalardagi bolalar sonini kamaytirishga qaratilgan siyosat Hindiston,[4] Xitoy kabi baʼzi davlatlar tomonidan allaqachon yuritilmoqda. Oʻzbekistonda ham bolalar sonini cheklashga qaratilgan qonunlar mavjud (masalan, ikkinchi va undan keyingi bola uchun tayinlangan soliq).
Boshqa tarafdorlar masalaning maʼnaviy tomoniga eʼtibor qaratishadi. Jumladan, David Benatarning fikricha, har qanday zarar yetkazish maʼnan notoʻgʻri amal boʻlib, qoralanadi va taqiqlanadi, demak koʻpayish ham xuddi shunday tarzda taqiqlanishi kerak, chunki yangi odamni tugʻish oʻsha odamga anchagina zarar va muammolarni keltirib chiqaradi.[5]
Qarshi argumentlar
tahrirAntinatalizm tanqidining katta qismi dinlar, xususan katta oilalar qurishni qoʻllab-quvvatlovchi ibrohimiy dinlar tomonidandir.[6][7] Bundan tashqari, baʼzi ota-onalar oʻz kelajaklari haqida qaygʻurib, qarib-qartayganlarida yonlarida yordamchi boʻlishini istab, bola orttiradilar (bu egoistik hisoblanib, qatʼiy qoralanadi).[8]
Rossiya, Avstraliya, Fransiya, Italiya, Olmoniya, Polsha va Yaponiya kabi davlatlar aholisizlanish muammosini hal qilish uchun koʻp farzand koʻrishni ragʻbatlantiradi.
Iqtiboslar
tahrirSofokl oʻzining Edip Kolonda asarida yozadi:
Hech ham tugʻilmagan boʻlish eng yaxshi narsadir; lek garda kishi tugʻilgan boʻlsa, u tezlikda qayerdan kelgan boʻlsa, oʻshal joyga qaytishi zarur.[9]
Hayotining soʻnggi sakkiz yilini falaj, qisman soʻqir va toʻshakka mixlanib oʻtkazgan Heine yozadi:
Uyqu ajoyibdir, oʻlim — yanada yaxshi, tugʻilmaslik esa — naq moʻjiza.
Flaubert aytadi:
Biror kimsani bu olamga keltirish meni dahshatga soladi... Ich-etim kuya qolsin! Hech kimga zerikarli va uqubatli mavjudlikni ravo koʻrmayman!
Schopenhauer oʻzining Olam azoblari haqida inshosida antinatalizmni shunday yoritadi:
Agarda urchish na istak natijasi boʻlmay va na hirsiy qoniqishga olib kelmay, faqatgina ratsional asosda hal qilinganida, odamzot shu kunlargacha yetib kelarmidi? Har bir inson yangi avlodga achinib, u ham mavjudlik azoblarini yelkasiga ortishi haqida oʻylagan boʻlurmidi?[10]
Zapffe 1990-yili chiqqan hujjatli filmda aytadi:
Hayotiy tushuncham tufayli bola koʻrmaslikka qaror qilganman. Hatto tanga ham uni tilanchiga berishdan avval sinchiklab tekshiriladi, koʻp oʻylanadi, bola esa kosmik adolatsizlik oʻpqoniga shunchaki tashlab yuboriladi.
Shuningdek
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „RMS -vs- Doctor, on the evils of Natalism“. Qaraldi: 15-sentabr 2010-yil.
- ↑ BRIAN E. DIXON (28. April 2008): In food crisis, family planning helps
- ↑ Meadows, Donella (1993): Die neuen Grenzen des Wachstums: die Lage der Menschheit: Bedrohung und Zukunftschancen. Stuttgart: Dt. Verl.-Anst. ISBN 3-421-06626-4
- ↑ Heinz Werner Wessler (30. Januar 2007): Indien – eine Einführung: Herausforderungen für die aufstrebende asiatische Großmacht im 21. Jahrhundert. Bundeszentrale für politische Bildung
- ↑ Benatar, David. Better Never to Have Been. Oxford University Press, USA, 2006. DOI:10.1093/acprof:oso/9780199296422.001.0001.
- ↑ Twerski, Rebbetzin Feige. „Joys of A Large Family“. Qaraldi: 2008-yil 12-noyabr.
- ↑ Pavel VI. „Humanae Vitae: Encyclical of Pope Paul VI on the Regulation of Birth“. Vatikan: Libreria Editrice Vaticana (1968-yil 25-iyul). Qaraldi: 2008-yil 12-noyabr.
- ↑ Leone, Catherine. Fairness, Freedom and Responsibility: The Dilemma of Fertility Choice in America. Washington State University (1989-yil dekabr).
- ↑ J. Michael Walton. The Greek sense of theatre:Tragedy reviewed, 2, Amsterdam: Routledge, 1996 — 91-bet. Qaraldi: 2009-yil 8-avgust.
- ↑ On the Sufferings of the World, Arthur Schopenhauer.