Antonio Palacios Lanza (1952-yil 13-noyabrda tugʻilgan) — venesuelalik shaxmatchi. U xalqaro usta (IM) unvoniga ega, shaxmat boʻyicha Venesuela chempionati gʻolibi (1976), Shaxmat Olimpiadasining individual kumush medali sovrindori (1988).

Antonio Palacios Lanza
Mamlakat Venesuela
Tugʻilishi 13-noyabr 1952-yil (1952-11-13) (71 yosh)
Saravha Xalqaro shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2370 (yanvar 1978-yil)

Hayoti

tahrir

Antonio Palacios Lanza 1952-yil 13-noyabrda Venesuelada dunyoga kelgan.1970-yillarning oʻrtalaridan 1980-yillarning oxirigacha Antonio Palacios Lanza Venesuelaning yetakchi shaxmatchilaridan biri boʻlgan. 1976-yilda shaxmat boʻyicha Venesuela chempionatida gʻoliblikka erishdi. 1981-yilda Antonio Palacios Lanza shaxmat boʻyicha Panamerika chempionatida ishtirok etdi.[1]

Antonio Palacios Lanza Shaxmat Olimpiadalarida Venesuela nufuzibini himoya qilib dona surgan:[2]

  • 1976-yilda Hayfadagi 22-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtani egalladi (+3, =3, −4),
  • 1980-yilda La Valletta shahrida oʻtkazilgan 24-shaxmat Olimpiadasida uchinchi taxtada (+4, =8, −1),
  • 1982-yilda Lutserndagi 25-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+4, =3, −6),
  • 1988-yilda Saloniki shahrida oʻtkazilgan 28-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+6, =2, −1) oʻyinlarni olib bordi va shaxsiy kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Antonio Palacios Lanza shaxmat boʻyicha jahon talabalar jamoalari chempionatida Venesuela nufuzi uchun oʻynadi:[3]

  • 1976-yilda Karakasda boʻlib oʻtgan 21-jahon talabalar jamoasi shaxmat chempionatida ikkinchi taxtada (+2, =4, −2) oʻynagan,
  • 1977-yilda Mexiko shahrida oʻtkazilgan 22-jahon talabalar jamoasi shaxmat chempionatida birinchi taxtani egalladi (+3, =5, −4).

1978-yilda Antonio Palacios Lanza FIDE xalqaro ustasi (IM) unvoniga sazovor boʻldi. U 2012-yilgi 40-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) Venesuela ayollar jamoasining murabbiyi va jamoa sardori boʻlgan.

Antonio Palacios Lanza shaxmatning blits yoʻnalishda ham bir qator musobaqalarda qatnashgan va FIDE reytingi 2243 ballga teng. Antonio shaxmat musobaqalarida rapid yoʻnalishi boʻyicha ustunlikka ega emas. Tezkor shaxmatda u deyarli bironta ham musobaqada qatnashmagan va reyting balli ham nolga teng.[4]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir