Arra vali
Arra vali — dumaloq arrali, shuningdek modulli mashinalarda ishchi organlar sifatida, dastgohning kesish asbobini qotirish va aylantirish uchun xizmat qiladi. Arra vali korpuslarga oʻrnatilgan ikkita podshipnik yordamida aylanadi va ular yordamida mashinaning tayanch qismiga (masalan, staninaga) oʻrnatiladi va odatda u uzun oʻlchamli boʻladi. Valning bir uchida shkiv oʻrnatilgan boʻlib, elektr motoridan tasmali uzatma orqali valni aylantiradi, boshqa uchida esa arra pichogʻi gayka bilan, maxsus shaybalar orasiga mahkamlanadi. Arra vali odatda 3000 ay/min gacha tezlikda aylanadi, shuning uchun ular bir pog'anali uzatma orqali elektr motorlariga ulanadi yoki elektr motor vali ham arra vali sifatida xizmat qiladi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |