Artur Asilbekovich Beterbiev (1985-yil 21-yanvarda tugʻilgan) – Rossiyada tugʻilgan hozirda Kanada sharafini himoya qilayotgan professional bokschi[2][3]. U 2017-yildan beri Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) unvoniga, 2019-yildan Jahon boks kengashi (WBC) unvoniga, 2022-yildan Jahon boks tashkiloti (WBO) unvoniga va 2024-yildan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Ring jurnali kamarlariga ega boʻlgan yarim ogʻir vazn toifasida mutloq chempion hisoblanadi.

Artur Beterbiev
Артур Бетербиев

Beterbiev 2019-yilda
Statistikasi
Asl ismi Artur Asilbekovich Beterbiev
Vazni Yarim og'ir vazn toifasi
Boʻyi 5 ft 11+1/2in[1]
Fuqaroligi
  • Russia
  • Canada
Tavalludi 21-yanvar 1985-yil (1985-01-21) (39 yosh)
Khasavyurt, Dagestan ASSR, Russian SFSR, Sovet Ittifoqi
Uslubi Orthodox
Medallari va yutuqlari
Eng yaxshi erkak havaskor bokschi
Rossiya bayrogʻi Rossiya vakili
European Championships
Oltin 2006 Plovdiv Yarim og'ir vazn toifasi
Oltin 2010 Moscow Yarim og'ir vazn toifasi
World Championships
Oltin 2009 Milan Yarim og'ir vazn toifasi
Kumush 2007 Chicago Yarim og'ir vazn toifasi
World Cup
Oltin 2008 Moscow Yarim og'ir vazn toifasi

Havaskor sifatida Beterbiev 2007-yilgi jahon chempionatida kumush, 2008-yilgi jahon chempionatida va 2009-yilgi jahon chempionatida oltin, shuningdek, 2006 va 2010-yillardagi Yevropa chempionatlarida yarim ogʻir vazn vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u 2012-yilgi Olimpiadada ogʻir vazn toifasida chorak finalga chiqdi.

Hozirda Beterbiev The Ring[4][5], ESPN[6], Transmilliy boks reytinglar kengashi (TBRB)[7][8] va BoxRec tomonidan dunyoning eng yaxshi yarim ogʻir vazn toifasida reytingda turadi[9].

U, ayniqsa, oʻzining ajoyib zarba kuchi bilan mashhur boʻlib, 2013-yilda debyut qilganidan beri oʻzining 21 ta professional jangidan 20 tasida nokaut orqali gʻalaba qozongan[10].

Havaskor boksdagi faoliyati

tahrir

Beterbiev oʻzining havaskor faoliyatida yarim ogʻir va ogʻir vazn toifasida janglarda ishtirok etgan[11]. U 2006-yilda havaskor boks boʻyicha Yevropa chempionatida Kenneth Egan va Ismoil Sillakhni magʻlub etib, gʻolib chiqdi. U Egor Mekhontsevni magʻlub etdi, ammo 2006-yilda ikki karra jahon chempioni Evgeny Makarenkoga yutqazdi. 2007-yilda u yarim finalda yarim ogʻir vazn toifasida boʻlajak mutloq chempion Sergey Kovalevni magʻlub etdi va yakunda finalda Evgeny Makarenkoni magʻlub etib, jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Jahon chempionati finalida u oʻzbekistonlik Abbos Atoyev bilan toʻqnash keldi, ammo kutilmaganda magʻlub boʻldi[12].

2008-yilgi Olimpiadada u Kennedy Katendeni 15:3 hisobida magʻlub etdi, keyin 1/8 finalda u keyinchalik musobaqa oltin medalini qoʻlga kiritgan mahalliy bokschi Chjan Syaopinga bahsli tarzda yutqazib qoʻyadi . 2009-yilgi jahon chempionatida u kubalik yosh Jose Larduet va oʻzbekistonlik Elshod Rasulovni magʻlub etib, yarim ogʻir vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

2011-yilgi jahon chempionatida u chorak finalda yakunda musobaqa gʻolibiga aylangan Oleksandr Usykga 13:17 hisobida yutqazdi. 2012-yilgi Olimpiadada u Michael Hunterni magʻlub etdi, ammo yana Usikka 13-17 hisobida yutqazdi. Ularning ikkalasi ham oʻsha paytda ogʻir vazn toifasida edi.

Beterbiev havaskor boksda 300 dan ortiq janglarda qatnashgan[13].

Professional faoliyati

tahrir

Faoliyatining boshlanishi

tahrir

Beterbiev professional faoliyatini davom ettirish uchun Monrealga koʻchib oʻtdi[14]. U professional debyutini 2013-yil 8-iyulda Bell Centreda Christian Cruzga qarshi oʻtkazdi va ikkinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalabani qoʻlga kiritdi. Beterbiev Jan Pascalning Lucian Butega qarshi jangi anderkartida Gabriel Lecrosnie bilan jang qildi va toʻrtinchi raundda texnik nokaut bilan gʻolib boʻldi[15].

Mutloq yarim ogʻir vazn toifasi chempionligi

tahrir

Beterbiev vs Bivol

tahrir

Beterbiev 2024-yil 1-iyun kuni yarim ogʻir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol bilan bahs olib borishi kutilgan edi[16]. Beterbiev mashgʻulotlarda jarohat olgandan soʻng 3-may kuni jangni bekor qilishga majbur boʻldi[17]. Malik Zinad 1-iyun kungi Bivol jangiga Beterbievning oʻrinbosari sifatida tanlandi, agar Bivol Zinadni magʻlub etsa, Beterbiev va Bivol oʻrtasida jang boʻlishini rejalashtirib olishdi[18]. Bivol oʻz kamarini nokaut bilan muvaffaqiyatli himoya qilgach, Beterbiev u bilan 2024-yil 12-oktyabrda jang qilishi rejalashtirilgandi[19]. Jang Beterbievning bahsli gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Beterbiev Dogʻistonning Xasavyurt shahrida tugʻilgan va chechen millatiga mansub[20][21][22][23].

Hozirda u Monrealda (Kvebek) istiqomat qiladi va Kanada fuqaroligini oldi[2]. Beterbiev musulmon. U uylangan va toʻrt farzandi bor[24].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 DAZN Boxing tale of the tape prior to the Dmitry Bivol fight
  2. 2,0 2,1 Zidan, Karim. „Artur Beterbiev: Kadyrov looms over Chechen-born star's unification bout“ (en). the Guardian (2022-yil 18-iyun). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  3. Baldwin, Alan. „Beterbiev set to fight as Canadian after Russian ban, says WBC boss“ (en). Reuters (2022-yil 20-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  4. Fischer, Doug „Ring Ratings Update: Artur Beterbiev crashes P4P rankings, re-takes No. 1 at light heavyweight“. The Ring (2024-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  5. „Ratings“. The Ring. 2009-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  6. „Divisional rankings: Munguia sets the stage for a big fight at 168“ (en). ESPN.com (2024-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  7. „Rankings Archive – Transnational Boxing Rankings Board“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  8. „Rankings – Transnational Boxing Rankings Board“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  9. „BoxRec Light Heavyweight Ratings“.
  10. Idec, Keith (23 December 2016). „Beterbiev Stops Prieto in First Round to Keep KO Streak Intact“. BoxingScene. Retrieved 24 December 2016.
  11. „Artur Beterbiyev Bio, Stats, and Results“. Olympics at Sports-Reference.com. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  12. „AIBA World Boxing Championships Chicago 2007 Results“. AIBA. 2010-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  13. Vse, chto nujno znat o titulnom boe Artur Beterbiev – Entoni Yard 28 yanvarya 2023 goda
  14. Web, Mondial „Artur Beterbiev - GYM“. www.groupeyvonmichel.ca. 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  15. „Beterbiev trop fort pour Lecrosnier à Montréal“ (fr). Ouest-France.fr (2014-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
  16. Iskenderov, Parviz. „Artur Beterbiev vs Dmitry Bivol for undisputed 175-pound title set for June in Riyadh“. FIGHTMAG (2024-yil 5-fevral).
  17. Coppinger, Mike „Beterbiev injured, title bout vs. Bivol postponed“ (en). ESPN.com (2024-yil 3-may). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  18. Coppinger, Mike „Dmitry Bivol to defend title vs. Malik Zinad in Riyadh“ (en). ESPN.com (2024-yil 4-may). Qaraldi: 2024-yil 6-may.
  19. „Video: Dmitry Bivol knocks out Malik Zinad, rebooks Artur Beterbiev fight for October“. mmafighting.com (2024-yil 1-iyun).
  20. „Артур Бетербиев: биография, кто по нации, откуда родом“ (ru). aboutan (2020-yil 17-yanvar). 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  21. Artur Beterbiev: „Ya ne dagestanes i ne russkiy, a chechenes“
  22. „Ya chechenes, ne dagestanes“. Beterbiev popravil angliyskogo reportyora
  23. Анастасия Баринова. „Боксер Бетербиев попросил не называть его дагестанцем“. gazeta.ru (2023-yil 15-fevral). 2023-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan.

    "A journalist in London said that I am a Dagestan by nationality. I replied that I was not a Dagestan, but a Chechen. When they tell me that I am a Dagestan by nationality, I need to answer that I am a Chechen. They subsided a little, but I said that by nationality a Chechen, not a Dagestan. He said that Makhachev and Khabib were Dagestanis and I am also a Dagestan. I replied: 'No, I'm a Chechen', Beterbiev said."

  24. „Undefeated world champion boxer Beterbiev embraces life in Montreal“. Montreal Gazette (2021-yil 7-dekabr). — „Ramsay said he has trained boxers who drank, gambled and chased women. Beterbiev succumbs to none of the above. A devout Muslim, one of the few requests of his trainer is that he occasionally accompanies him in prayers.“.

Havolalar

tahrir