Artur Dmitriyev (figurali uchuvchi)
Artur Valeryevich Dmitriyev (ruscha: Артур Валерьевич Дмитриев; 1968-yil 21-yanvar[1], Belaya Serkov, Kiyev viloyati) — SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992), sovet va Rossiya figurali uchuvchisi. Dmitriyev ikki xil sherik bilan Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqqan birinchi erkak figurali uchuvchi boʻlgan[2].
Artur Dmitriyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Artur Dmitriyev |
Tavalludi | Belaya Serkov, SSSR |
Oldingi sheriklari |
Oksana Kazakova, Natalya Mishkutyonok |
Faoliyati
tahrirArtur Norilskda ulgʻaygan, u yerda xokkey, dzudo bilan shugʻullangan, Fanis Shakirzyanov murabbiyligida yakka holda konkida uchuvchi sifatida figurali uchish bilan shugʻullangan va 1986-yildan boshlab Natalya Mishkutenok bilan juftlikda uch hatlab sakrashning besh turini mashq qilgan. 1988 — 1989-yillarda juftlik Jahon Universiada musobaqasida gʻolib chiqdi va SSSR chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Artur 1988-yilda Yevropa chempionatida debyut qildi, lekin Jahon chempionatida birinchi marta 1990-yilda qatnashdi.
Artur 1990 — 1991-yilgi mavsumda sahnalashtirilgan F. Liszt musiqasi ostidagi „Sevgi orzulari“ dasturini barcha musobaqalarda, jumladan Yevropa chempionatlarida, Jahon chempionatlarida va Olimpiya oʻyinlarida (1991 — 1992) namoyish qilib gʻalabalar keltirgan.
Juftlik professional konkida uchuvchilar sifatida 1992-yilda US Open turnirida gʻalaba qozonishdi, lekin ular professionallar oʻrtasidagi Jahon chempionatida va Chellenge of Champions turnirida uchinchi oʻrinni egallashdi.
Bu juftlik 1993 — 1994-yilgi mavsumda havaskor sifatida konkida uchishga qaytishdi. Artur Yevropa chempionatidagi qisqa dastur namoyishida xatoga yoʻl qoʻyadi va shundan soʻng figurali uchish tarixidagi eng kam uchraydigan voqea sodir boʻladi: Chexiyalik sudya xatolik bilan tizimga 5,4 / 5,7 oʻrniga 4,4 / 4,7 ballni kiritadi. Ushbu baho katta ekranda koʻrsatilganidan soʻng, hakam xatosini tuzatishi haqidagi barcha soʻrovlariga qaramay, ISU taqiq bilan javob beradi. Shunday qilib juftlik beshinchi oʻrinni egallaydi, ammo erkin dasturda — ikkinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi
1995-yildan boshlab Artur yangi sherik — Oksana Kazakova bilan mashq qila boshladi, juftlik 1996-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.
Shaxsiy hayoti
tahrirArtur Dmitriyevning 1992-yildan 2006-yilgacha turmush oʻrtogʻi Tatyana Druchinina (badiiy gimnastika boʻyicha jahon va SSSR chempioni) edi.
Natijalari
tahrir(O. Kazakova bilan)
Musobaqa | 1994 — 1995 | 1995 — 1996 | 1996 — 1997 | 1997 — 1998 |
---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 1 | |||
Jahon chempionatlari | 5 | 3 | WD | |
Yevropa chempionati | 1 | 2 | ||
Rossiya chempionati | 3 | 3 | ||
Gran-pri finali | 2 | 3 | ||
Skate America | 5 | 1 | ||
Skate Canada International | 1 | |||
Bofrost kubogi | 2 | |||
Trophee Lalique | 2 | 1 | ||
Rossiya kubogi | 3 | |||
NHK Trophy | WD |
WD = tanlovni tark etgan
(N. Mishkutyonok bilan)
Musobaqa | 1987 — 1988 | 1988 — 1989 | 1989 — 1990 | 1990 — 1991 | 1991 — 1992 | 1992 — 1993 | 1993 — 1994 |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 1 | 2 | |||||
Jahon chempionatlari | 3 | 1 | 1 | ||||
Yevropa chempionati | 4 | 3 | 3 | 1 | 1 | 3 | |
Rossiya chempionati | 2 | ||||||
SSSR chempionati | 2 | 2 | |||||
Skate America | 1 | 1 | |||||
Millatlar kubogi | 1 | ||||||
Trophee Lalique | 1 | 1 | |||||
NHK Trophy | 3 | ||||||
Qishki Universiada | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Фигурист Артур Дмитриев: личная жизнь и биография. Артур дмитриев фигурист“ (22-yanvar 2016-yil).
- ↑ „Дмитриев, Артур Валерьевич“ (2014-yil 1-aprel).