Arvind Sharma (1940-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — avstraliyalik-kanadalik hindshunos sanskrit olimi, McGill universitetining qiyosiy din professori, Buyuk Britaniya va Irlandiya Qirollik Osiyo jamiyati aʼzosi. Tadqiqot yoʻnalishlari: qiyosiy din, hinduizm va ayollarning dindagi oʻrni.

Sharma Arvind
Tavalludi 1940-yil 13-yanvar (82 yoshda)
Britaniya Hindistoni
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Sohasi Indologiya diniy tadqiqotlar
Taʼlimi Allahabad universiteti, Sirakuza universiteti, Harvard universiteti
Mukofotlari Buyuk Britaniya va Irlandiya Qirollik Osiyo jamiyati aʼzosi
Veb-sayt http://www.arvindsharma.org/

Biografiyasi

tahrir

Arvind Sharma Varanasida tugʻilib oʻsgan. 1962-yilda Allahabad universitetida tarix, iqtisod va sanskrit fanlari bakalavriatini tamomlagan. 1962—1968-yillarda. Gujarotda amaldor boʻlib xizmat qilgan. 1970-yilda Sirakuza universitetida iqtisod bo‘yicha magistr darajasini va 1974-yilda Harvard ilohiyot maktabida ilohiyot bo‘yicha magistr darajasiga ega chiqqan. 1978-yili Harvard universitetida sanskrit va hindologiya boʻyicha doktorlik darajasini yoqlagan. 1976—1980-yillarda Queensland universitetida, 1980—1987-yillarda Sidney universitetida Osiyo dinlaridan dars bergan[1]. 1987-yilda Monrealdagi McGill universitetining dinshunoslik kafedrasi dotsenti etib tayinlangan. Hozirda u yerda dinshunoslik professori lavozimida ishlaydi[2].

Sharmaning „Jahon dinlarida feminizm“ monografiyasi Choice jurnali tomonidan 1999-yilning eng yaxshi ilmiy monografiyalaridan biri deb topildi[3].

Tanlangan asarlari

tahrir

50 dan ortiq kitoblar va 500 dan ortiq maqolalar muallifi, muharriri yoki hammuallifi[4][5]. Uning mashhur asarlari qatoriga quyidagilar kiradi:

Manbalar

tahrir
  1. „The Dr. Arvind Sharma Site“. 2010-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-iyun.
  2. „Arvind Sharma“. 2011-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  3. Hindu Students Council
  4. Arvind Sharma, The World's Religions: A Contemporary Reader, Fortress Press, 2010, p. 379
  5. Profile on the website of McGill University

Havolalar

tahrir