Asrafia jome masjidi (bengalcha: আশরাফিয়া জামে মাসজিদ , arabcha: جامع الأشرفية) ilgari Ahladi Bibi masjidi sifatida ham tanilgan, Bangladeshning Narayanganj shahridagi Amlapara shahar mahallasida joylashgan masjiddir. U Britaniya Raj mustamlakasi davrida qurilgan boʻlib, bu qurilish ishlari 1890-yillari amalga oshirilgan.

Masjid
Asrafiya jome masjidi
bengalcha: আশরাফিয়া জামে মাসজিদ
Masjidning moviy tusli tomoni
Mamlakat  Bangladesh
Koordinatalar 23°37′20″N 90°30′13″E / 23.6223°N 90.5035°E / 23.6223; 90.5035
Yoʻnalishi sunniy
Asoschi Rahim Baxshi Haji, Ahladi Bibi[1][2]
Asosiy sana:
1890-yil

Tarixi

tahrir
 
Gʻarbiy devordagi mehrob.

Asrafia jome masjidi Narayanganj tumanidagi eng qadimiy masjidlardan biridir. 1898-yil 20-aprelda Rahim Baxsh Hoji (1857-1935)[3] ismli bengal musulmon zamindori va uning rafiqasi talukdar Ahladi Bibi Baliati birgalikda Harendra Kumar Roy Choudxuridan rasman yerning bir qismini sotib olishgan[4]. Keyinchalik, Hoji va uning rafiqasi Amlapara shahridagi hududlarining bir qismini xayriya vaqf va ibodat joyi sifatida hayriya qilishga qaror qilishadi. Masjid uning xotini sharafiga „Ahladi Bibi masjidi“ deb nomlangan. Vaqt oʻtishi bilan bu nom Asrafiya jome masjidiga oʻzgartirildi. Masjid Britaniya xaritasida (CS Parcha) ham qayd etilgan.

2002-yildagi taʼmirdan soʻng, masjid oʻzining oʻtmishdagi holati, meʼmoriy va dekorativ uslubining katta qismini yoʻqotgan. Hozirda asl masjiddan gumbaz, mehrob va minoradan boshqa hech narsa saqlanib qolmagan[5].

Arxitektura elementlari va uslubi

tahrir

Masjid mustamlaka davrida qurilgan boʻlsa-da, qurilish Boburiy meʼmorchiligi uslubiga xos tarzda qurilgan. U juda baland bir qavatli masjid sifatida bunyod etilgan va vertikal sifatlariga alohida eʼtibor berilgan. Tomning toʻrt tomonida kichkina toʻrtta gumbaz bor. Mehrob gʻarbiy devorda joylashgan boʻlib, birinchi qavatning pastki qismida, birinchi qavat balandligining uchdan bir qismigacha boʻlgan joyda joylashtirilgan. Unda arab xattotligi yozuvida shisha va toshga yozilgan Shahodat kalimasi mavjud. Mehrob dizayni besh rangdagi shisha va toshlardan yasalgan, bular: koʻk, yashil, sariq, jigarrang va oq ranglardir[6]. Masjid arxitekturasi bezaklar va arklar, gumbazlar, mehrob va boshqa elementlarning mutanosib moslashuvi bilan ajralib turadi.

Manbalar

tahrir
  1. „The Bearer Of The Tradition And Historical Mosque Asrafia Jame Masjid“. Daily Nagar Sangbad (2021-yil 28-avgust).
  2. „Asrafia Jame Mosque, Narayanganj“. Teachers Bangladesh Government Site (2020-yil 31-avgust).
  3. „Partition History & Museum“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  4. „Baliati Zamidar Bari“. Daily Asian Age (2016-yil 1-oktyabr).
  5. Mridha Ratul, Shahriar Hasan (16 August 2019), „চলো "আল্লাদী বিবির মসজিদ" এর গল্প শুনি।“, Save the Heritages of Bangladesh [Come, let us hear the story of Alladi Bibi's mosque.] (Bengali)
  6. {{{title}}} (YouTube). Ekattor TV.

Havolalar

tahrir