Avi Wigderson
Avi Wigderson (ivritcha: אבי ויגדרזון) (talaffuzi: Avi Vigderzon); 9-sentyabr 1956-yilda tugʻilgan[1]) – Isroillik matematik va kompyuter injeneri. Wigderson Princetondagi Ilgʻor tadqiqotlar instituti matematika maktabining Herbert H. Maass professoridir[2]. Uning ilmiy qiziqishlari murakkablik nazariyasi, parallel algoritmlar, grafiklar nazariyasi, kriptografiya, taqsimlangan hisoblash va neyron tarmoqlardan iborat. Wigderson 2021-yilda nazariy informatika sohasidagi ishlari uchun Abel mukofoti bilan taqdirlangan[3].
Avi Wigderson | |
---|---|
Tavalludi |
9-sentyabr 1956-yil Hayfa, Isroil |
Fuqaroligi | Isroil va AQSh |
Sohasi |
Informatika Matematika |
Ish joylari | Malaka oshirish instituti |
Akademik rahbarlari | Richard Lipton |
Mashhur shogirdlari |
Dorit Aharonov Ran Raz |
Mashhur ishlari | Zig-zag mahsuloti |
Mukofotlari |
Nevanlinna mukofoti (1994) Gödel mukofoti (2009) Knuth mukofoti (2019) Abel mukofoti (2021) |
Hayoti
tahrirAvi Wigderzon 1956-yilda Isroilning Hayfa shahrida tugʻilgan[4]. 1980-yilda Technionda bakalavriat bosqichini tamomlagach, AQShda joylashgan Princeton universitetiga aspiranturada oʻqish uchun borgan. Wigderzon 1983-yilda Richard Lipton rahbarligida „Hisoblash murakkabligi boʻyicha tadqiqotlar“ nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganidan soʻng, kompyuter fanlari boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[5].
Faoliyati
tahrirWigderzon Berkeleydagi Californiya universitetida, San Jose, Kaliforniya tadqiqot markazida va matematika fanlari tadqiqot institutida qisqa vaqt ishlagandan soʻng, 1986-yilda Quddus yahudiy universitetiga toʻliq ishga joylashgan.
U 1999-yilda AQShdagi Ilgʻor tadqiqotlar institutiga ishga joylashgan. 2003-yilda esa Quddus yahudiy universitetida toʻliq kunlik asosda ishlashdan bosh tortgan[6].
Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining, 2013-yilda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM ilmiy xodimi etib tayinlangan.
Mukofotlari
tahrir1994-yil Wigderson „hisoblash murakkabligi nazariyasi“ uchun Nevanlinna mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2009-yil Omer Reingold va Salil Vadhan bilan birga grafiklarning zig-zag mahsuloti ustida ishlagani uchun Gödel mukofotini qoʻlga kiritgan[8]. Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan[9]. 2013-yilda Milliy fanlar akademiyasiga saylangan[10]. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM Fellow aʼzosi boʻlgan[11]. 2019-yilda Wigderson „tasodifiylashtirilgan hisoblash, kriptografiya, sxema murakkabligi, isbot murakkabligi, parallel hisoblash va asosiy grafik xususiyatlarini tushunish kabi sohalarda informatika asoslariga qoʻshgan hissasi uchun“ Knuth mukofotiga sazovor boʻlgan[12].
Manbalar
tahrir- ↑ Wigderson, Avi (22-may 2014-yil), Resumé (PDF), qaraldi: 7-mart 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Faculty | IAS School of Mathematics“. www.math.ias.edu (2008-yil 4-avgust). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
- ↑ „Avi Wigderson GS '83 Abel mukofoti bilan taqdirlandi“. The Princetonian. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Avi Wigderson and the Second Golden Era of Theoretical Computing - Ideas | Institute for Advanced Study“ (en). www.ias.edu (2021-yil 16-mart). Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
- ↑ Wigderson, Avi. Studies in computational complexity (en), 1983.
- ↑ Qisqacha hayoti (Wayback Machine saytida 12-iyun 2010-yil sanasida arxivlangan) from Wigdersonʼs web site, retrieved 3-may 2010-yil
- ↑ „Rolf Nevanlinna Prize | International Mathematical Union (IMU)“. 2008-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „2009 Gödel Prize“. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „Avi Wigderson“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
- ↑ National Academy of Sciences Members and Foreign Associates Elected, National Academy of Sciences, 30 April 2013.
- ↑ 2018 ACM Fellows Honored for Pivotal Achievements that Underpin the Digital Age, Association for Computing Machinery, 5 December 2018
- ↑ „ACM SIGACT - Knuth Prize“. www.sigact.org. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
Havolalar
tahrir