Avliyoota uyezdi – Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyati tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik.

Avliyoota uyezdi
ruscha: Аулиеатинский уезд

Gerb
Gerb
Uyezd
Tegishli Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Avliyoota
Asos solingan sanasi 1868-yil
Bekor qilingan sanasi 1928-yil 17-yanvar
Aholi (1897-yil) 276 169 kishi
Maydoni 65 420 verst km²
Xaritada

Uyezd markazi – Avliyoota shahri.

Aholisining katta qismini qozoqlar tashkil qiladi – 90,9%; aholi tarkibida ruslar 3,85% ni tashkil qilsa, qolganini oʻzbeklar (3,1%), chigʻatoylar va sartlar tashkil qiladi[1].

Tarixi

tahrir

Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibida 1868-yil 21-oktyabrda markazi Avliyoota boʻlgan Avliyoota uyezdi tashkil etiladi. 1918-yildan viloyat bilan birgalikda Turkiston SSR tarkibiga kiritiladi.

1924-yil oktyabrda Avliyoota uyezdi Sirdaryo viloyati bilan birgalikda Qirgʻiz ASSR (1925-yildan – Qozogʻiston ASSR) tarkibiga oʻtkaziladi.

1928-yil 17-yanvarda Sirdaryo okrugi tashkil etiladi va uning tarkibida tumanlar, xususan Avliyoota tumani tashkil etiladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Аулиеатинский уезд“. 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyul.

Havolalar

tahrir