Avstraliya Stadioni (ingl. Stadium Australia) - Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. 1996-yilda Yozgi Olimpiada Oʻyinlari uchun qurilgan. Hozirda 83.500 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Stadionning sobiq nomi Telstra stadioni edi, keyin homiylik sabablarga koʻra nomi oʻzgarib, ANZ stadioni yoki Avstraliya stadioni deb atala boshlandi, koʻp maqsadli stadion. Stadion qurilishiga 690 milion Avstraliya dollari miqdorida mablagʻ sarflangan, New South Wales regbi klubining uy stadioni hisoblanadi. Futbol klublaridan Sydney FC futbol klubining uy stadioni hamdir. 2003-yili regbi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan, har yili milliy regbi ligasining grand finallari mana shu stadionda boʻlib oʻtadi.

 AUS ANZ stadioni
Olimpiya stadioni, Homebush stadioni
Sobiq nom(lar)i Telstra stadioni (2002–2007)
Joyi Sidney, Avstraliya
Koordinatalari 33°50′50″S 151°3′48″E / 33.84722°S 151.06333°E / -33.84722; 151.06333
Asos solingan Sentabr 1996
Qachon ochilgan 6-mart 1999
Egasi Avstraliya stadioni guruhi
Operator Avstraliya stadioni guruhi
Yuzasi Chim
Inshoot narxi A$ 690 million [1]
Meʼmor Populous
Hajmi 82,500 (Oval)
84,000 (Toʻrtburchak)
110,000 (Yozgi olimpiada oʻyinlari 2000)
Maydon oʻlchami 170m x 128m (Oval)
Maydon egalari
Yozgi olimpiada oʻyinlari 2000
New South Wales Blues (regbi) (1999–hozir)
Canterbury-Bankstown Bulldogs (regbi)(1999–hozir)
Sydney Swans (futbol) (2002–hozir)
South Sydney Rabbitohs (regbi) (2006–hozir)
New South Wales Waratahs (Super regbi) (2009–hozir)
St George Illawarra Dragons (regbi) (2008, 2014-hozir)
New South Wales Blues (kriket)
Sydney Thunder (Katta Bash ligasi) (2012-hozir)
GWS Giants (futbol) (2012–2013)
AFC Osiyo kubogi 2015
Wests Tigers (regbi) (2005-2008, 2014-hozir)
Vebsayt
www.anzstadium.com.au

Stadion dastlab 110,000 kishiga moʻljallanib dunyodagi eng katta olimpiya stadioni, hamda, Avstraliyaning eng ulkan stadioni boʻladi. 2003-yilgi qayta tamirdan keyin stadionning shimoliy va janubiy qanotlari qisqartiriladi, koʻchiriluvchi oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Bu oʻzgartirishlar natijasida stadionning toʻrtburchak maydoniga 83,500 va oval maydoniga 82,500 oʻrindiq ketadigan boʻldi va Avstraliyaning ikkinchi eng katta (Melbourne Cricket Ground maydonidan keyin) stadioniga aylandi.[2]

Nomining oʻzgarishi

tahrir

Stadionning nomi bir necha bor oʻzgargan, hozirgi Avstraliya nomi avval ham 1999 va 2002-yillar orasida nomlangan edi. 2002-yilda telekommunikatsiya kompaniyasi Telstra stadionga homiylik qiladi va stadion Telstra stadioni deb atala boshlanadi. 2007-yil 12-dekabrda Stadium Australia Group (SAG) ANZ Bank bilan shartnoma imzoladi va stadionning nomi ANZ stadioni deb atala boshlandi. Shimoliy va janubiy oʻrindiqlari ustidagi yopilgan ayvoni kengaytirildi. Hamda, stadionda yoʻlakchalar qurildi.[3]

 
2006-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi mobaynida Avstraliya futbol terma jamoasi Urugvay termasiga qarshi ushbu stadionda oʻynamoqda.
 
2007-yili Sydney FC futbol klubi Los Angeles Galaxy klubiga qarshi ANZ stadionida oʻynamoqda.


AFC Osiyo kubogi 2015

tahrir
Sana Vaqt (UTC+11) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round Tomoshabin
10-yanvar 2015 18:00   Oʻzbekiston 1–0   Shimoliy Koreya B guruhi 12,078
13-yanvar 2015 20:00   Ummon 0–4   Avstraliya A guruhi 50,276
15-yanvar 2015 20:00   Qatar 0–1   Eron C guruhi 22,672
19-yanvar 2015 20:00   Qatar 1–2   Bahrayn C guruhi 4,841
23-yanvar 2015 20:30   Yaponiya 1–1 (qarangv, penaltilar: 4–5)   Birlashgan Arab Amirliklari Chorak final 19,094
26-yanvar 2015 20:00   Janubiy Koreya 2–0   Iroq Yarim final 36,053
31-yanvar 2015 20:00   Janubiy Koreya 1–2 (qarangv)   Avstraliya Final 76,385

Manbalar

tahrir
  1. „Media Watch transcript 21/6/1999“. Australian Broadcasting Corporation (21-iyun 1999). Qaraldi: 14-iyun 2008.
  2. Stadia: Structural Giants (Wayback Machine saytida 2011-10-02 sanasida arxivlangan) Ingenia Magazine, March 2005
  3. „Stadium Australia Group confirms name change“. Stadium Australia Group ( http://www.telstrastadium.com.au/ ) (12-dekabr 2007).

Havolalar

tahrir