Ayribel togʻlari
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ayribel togʻlari — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past toglarining sharqiy qismi. Eng ba-land nuqtasi 767 m. Ayribel togʻlari shimoli-gʻarbdan janubi-sharqka yoʻnalgan. Uzunligi 15 km. Janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari Qarnob choʻliga tikroqtushgan va quruq soylar bilan oʻyilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori to-mon qaragan shimoli-sharqiy yon bagʻirlari qiyaroq. Tizmaning oʻrta qismida pa-leozoyning ohaktosh va slaneslaridan iborat kenglik boʻyicha yoʻnalgan qator tepalar mavjud boʻlib, ular oraligʻida granitlardan tashkil topgan platosi-mon yuzalar joylashgan. Ayribel togʻlari tipik boʻz tuproqlar mintaqasida joylashgan, shimoliy yon bagirlarining yuqori qismlarida toʻq boʻz tuproqlar bor. Efemer oʻsimliklar bilan birga, qorajusan, qoʻziquloq, oqquray oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalani-ladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |