Oqquray
Oqquray (Psoralea L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi, koʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda (P. drupacea Bge.) dukkakli O. turi uchraydi. Ildizi yoʻgʻon va uzun. Poyasi tarvaqaylab shoxlangan, uz. 130 sm cha. Barglari oddiy, yaxlit, yumaloq yoki uch boʻlakli, cheti arrasimon, bandli, ket-ma-ket joylashgan. Guli mayda, toʻpguli shingilsimon, gultojisi binafsha rang. Gulkosalari qoʻngʻiroqsimon, 5 tishli. Mevasi bir urugʻli dukkak. Dukkagi paxmoqtukli. Poyasi, bargi hamda mevasi tuk va mayda bezakchalar bilan qoplangan. Iyun—sentabr oylarida gul-,1ab urugʻlaydi. Dorivor oʻsimlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va boshqalar), mevasida efir moyi va boshqa mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligi (vitiligo)ni davolashda ishlatiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, baxrrikor yerlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Choʻl va adir mintaqalariga keng tarqalgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |