Azim Isroilovich Ahmadxoʻjayev (oʻzbekcha: Axmedxadjayev Azim Isroilovich; 1979-yil 12-iyulda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari.

Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-iyul 1979-yil (1979-07-12) (45 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Alma mater Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Biografiyasi

tahrir

Ahmadxoʻjayev Azim 1979-yil 12-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan.

2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini;

2002-yilda esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining magistratura bosqichini (Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida) tamomlagan.

2003-yilda Avstraliyaning Wollongong universiteti magistratura kursida tahsil olgan.

Ahmadxoʻjayev mehnat faoliyatini 2003-yilda „Oʻzmarkazimpeks“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida mutaxassis sifatida boshlagan.

Shuningdek, 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar va investitsiya dasturlari boshqarmasining investitsiya loyihalari monitoringi guruhi yetakchi mutaxassisi vazifasida ham faoliyat olib borgan.

2004—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor davlatlar bilan hamkorlik boʻlimi bosh mutaxassisi;

2005—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

2006—2007-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Ijroiya direksiyasi loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish guruhi bosh mutaxassisi va loyiha rahbari;

2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki Moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, keyinroq Moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2008—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki Moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bosh boshqarmasi boʻlimini boshqargan.

2009—2011-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki „NBU Invest group“ boshqaruvi raisi;

2011-yildan 2014-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

2014-yildan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari;

2016—2017-yillarda „Asaka“ aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi[1].

2017—2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar davlat qoʻmitasi raisi[2];

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. Keyinchalik 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari[3];

2019—2021-yillarda — Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari vazifasida xizmat qilgan[4][5].

2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Азим Ахмедходжаев стал руководителем банка «Асака» - Anhor“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  2. „Архивированная копия“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  3. „UzNews - Экс-глава Госкоминвестиции возглавил Мининфоком“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  4. xakima
  5. „Азим Ахмедхаджаев стал замхокима Джизакской области – Газета.uz“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  6. „Руководство“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.

Havolalar

tahrir