Turgʻun Azizov
Turgʻun Tursunovich Azizov (ruscha: Азизов, Тургун Турсунович; 30-noyabr 1934, Toshkent – 22-yanvar 2024-yil, Toshkent[1]) – aktyor va rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor.
Turgʻun Azizov | |
---|---|
Tugʻilgandagi ismi | Turgʻun Tursunovich |
Tugʻilgan sanasi | 30-noyabr 1934-yil |
Tugʻilgan joyi | Toshkent Oʻzbekiston SSR |
Vafot sanasi |
22-yanvar 2024-yil (89 yoshda) |
Vafot joyi | Toshkent Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Teatr | Oʻzbek milliy akademik drama teatri |
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrirTurgʻun Azizov 1934-yil 30-noyabrda Toshkentdagi „Beshqayragʻoch“ (oldingi „Saryogʻchi“) mahallasida tugʻilgan.
1956-yilda avvalgi Oʻzbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tugatib, oʻsha yili hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritishni boshlagan[2].
Faoliyati
tahrirAsosiy rollari: Ferdinand („Makr va muhabbat“), Ilyos („Sarvqomat dilbarim“), Eydzi („Oʻgʻirlangan umr“), Mar-kTuysk („Oqpadar“), Niyoz („Nomaʼlum kishi“), Yoʻlchi („Qutlugʻ qon“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Edmund („Qirol Lir“), Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), Amir Nasrullo („Nodirabegim“), Otello („Otello“) va boshqa Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli „Oʻlimdan kuchli“ spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon („Gang uzra tong“), Bakir („Maftuningman“), Amir Nasrullo (Nodirabegim"), Ota Maqsumov („Uzoq-yaqin yillar“), Mirzakarimboy („Parol – Regina mehmonxonasi“), Dadaboy („Qoʻqon voqeasi“, telefilm) kabi ob-razlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik plandagi rollarni zoʻr ehtiros va joʻshqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar harakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda koʻp maʼno anglatishga, qahramonining his-tuygʻulari, ichki kechinmalarini ta-biiy ifodalashga intiladi. Rejissyor sifatida „Mirzo Ulugʻbek“, „Alisher Navoiy“, „Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Mashrab“ (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirgan[3].
Yutuqlar
tahrir- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist: (1967)
- O‘zbekiston SSR xalq artisti: (1974)
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[2].
- Mehnat shuhrati ordeni: (2001)[4]
- Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari: (2023)[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „Турғун Азизов вафот этди“ (2024-yil 22-yanvar).
- ↑ 2,0 2,1 „Turg‘un Azizov vafot etdi“. kun.uz. Qaraldi: 17-avgust 2024-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 24 avgust 2001 года № УП-2921 «О награждении в связи с десятилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации общественных сфер
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 26 avgusta 2023 goda „O nagrajdenii v svyazi s tridsat vtoroy godovщinoy gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |