Babugan-yayla
(Babugan-Yayladan yoʻnaltirildi)
Babugan-yayla– Qrim togʻlarining Bosh tizmasidagi eng baland togʻ, Gurzuf va Alushta oraligʻida. Oʻrtacha bal. 1000–1400 m, eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi oʻnqir-choʻnqir boʻlib ketgan. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, togʻ tepasi toshloq va oʻtloq. Yon bagʻrida Qrim qoʻriqxona – ov xoʻjaligi joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |