Bahodir Siddiqov

Uzbekneftegaz raisi

Bahodirjon Bahromovich Siddiqov — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. 2019—2020-yillarda va 2023-yildan Oʻzbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi[1]. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft va gaz sanoatini isloh qilishni muvofiqlashtirish loyiha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[2].

Bahodirjon Bahromovich Siddiqov
 Oʻzbеkneftgaz kompaniyasi raisi
Mansab davri
2023-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Mehriddin Abdullayev
Mansab davri
2019-yildan – 2020-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahrom Ashrafxonov
Vorisi Mehriddin Abdullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-may 1979-yil (1979-05-27) (45 yosh)
Fargʻona

Biografiyasi

tahrir

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tugʻilgan.

2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat texnika universitetini bitirgan. Mutaxassisligi - moliya, kredit va menejment.

1999−2000 — „OʻzLITIneftgaz“ AJ texnik xodimi.

2001−2004 — „OʻzLITIneftgaz“ MChJ muhandis-konstruktor, kichik ilmiy xodim.

2004−2006 — „OʻzLITIneftgaz“ 1-toifali muhandisi va boʻlimi boshligʻi.

2006−2007 — „Oʻztyajneftgazkimyoloyiha“ davlat loyiha instituti loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini baholash boʻlimi boshligʻi.

2007−2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.

2009−2010 — „Oʻzbekneftgaz“ qoshidagi „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.

2010−2011 — Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasi korporativ ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

2011−2012 — Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasi korporativ masalalar boʻyicha direktori.

2012—2016 — Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasida moliya direktori.

2016—2017 - „Oʻzbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati prognozlash, resurslar va investisiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — „Neftegazinvest“ MChJ direktori.

2017−2017 — "Oʻzbekneftgaz" investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boshqarmasi boshligʻi, „Neftegazinvest“ direktori.

2017−2018 — "Oʻzbekneftgaz" investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.

2018−2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi.

2019—2020 — „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi[3].

2020—2023 — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft va gaz sanoatini isloh qilishni muvofiqlashtirish loyiha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

6-chaqiriq Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi deputati. Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

O‘zbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi fraksiyasi aʼzosi.

Manbalar

tahrir