Bahodir Toshmatov
Bahodir Hamidovich Toshmatov (ruscha: Тошматов, Баходир, 1964-yil Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – oʻzbek harbiy qoʻmondoni va xavfsizlik xizmati xodimi. General-polkovnik harbiy unvoniga ega.
Bahodir Toshmatov | |
---|---|
Tavalludi |
1964-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Harbiy |
Biografiya
tahrirToshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini, shuningdek, Fargʻona davlat universitetini tamomlagan.
Sovet Armiyasi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlarida turli qoʻmondonlik lavozimlarida va keyinchalik 90-yillar davomida Mudofaa vazirligining rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. 1999-yildan 2008-yilgacha Mudofaa vazirligi harbiy okruglari qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. 2008—2011-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi[1], soʻngra 2011—2013-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan. 2013—2017-yillarda mudofa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyevning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan[2]. 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni boʻlgan[3]. 2020-yilda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga rahbarlik qilgan[4]. 2020-yil 22-oktyabrda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[5][6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekistonda xavfsizlik uchun mas‘ul rahbarlar o‘zgartirilgan“ (uz-Cyrl). BBC News O'zbek (2013-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Uzbek president makes some appointments“ (en). Trend.Az (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi“ (2020-yil 16-mart).
- ↑ „Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Bahodir Toshmatov Xavfsizlik kengashiga oʻtdi“ (Rus tili) (2020-yil 23-oktyabr).
- ↑ „ТАШМАТОВ Баходир Хамидович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Глава Госслужбы безопасности президента перешел в Совбез“ (ru-UZ). Газета.uz (2020-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Главный телохранитель президента Узбекистана назначен заместителем председателя Совета безопасности“ (ru). Радио Озодлик. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.