Bahoriston (بهارستان‎; „bahor mamlakati“ yoki „bahor bogʻi“ degan maʼnoni anglatadi) — Abdurahmon Jomiy tomonidan yozilgan axloqiy tarbiyaviy kitob. Unda hikoyalar, ertaklar, axloqiy nasihatlar, asosan, nasrda, shuningdek nazmda ham mavjud. “Bahoriston” sakkiz bob, muqaddima va xulosadan iborat. Uning har bir bobi روضة „ravzat“ (arabchada jannat) deb ataladi.

Bahoriston

Bahoriston asariga ishlangan miniatura (1595 yil)
Asl nomi بهارستان
Til forscha va arabcha
Janr(lar)i axloq

Jomiy bu kitobni 1487-yilda yozgan. Jomiy “Bahoriston”ning muqaddimasida bu kitobni Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari uslubida oʻsha paytda oʻn yoshga toʻlgan oʻgʻli Ziyouddin Yusufga bagʻishlab yozganligini ta’kidlagan. Bahoristonda tasavvuf va unga oid materiallar mavjud. Kitob 469 misrali she’r; 16 ta misrasi arab tilida, qolganlari fors tilida bitilgan. Bahoriston matnlarida sajʼ mavjud boʻlib, turi qofiyali nasr, ya’ni ritmik (vazn) yoʻsindadir. Bahoristondagi har bir bob ma’lum bir mavzuga bagʻishlangan; masalan, yettinchi bobda ayrim shoirlarning hayoti va tarjimayi holi haqida soʻz boradi.

Asarning tuzilishi quyidagichadir:

  • Donishmandlar toʻgʻrisida;
  • Hakimlarning hikmati sharhi;
  • Sultonlar haqida hikoyalar;
  • Judu karam vasfi haqida;
  • Ishq muhabbat bayoni haqida;
  • Mutoibalar toʻgʻrisida;
  • Shoirlar ziki, sheʼr taʼrifi, uning turlari haqida;
  • Tamsil hikoyalar haqida.

Qooniyning „Parishon“, Tamkinning „Muliston“ va shunga oʻxshash asarlarda „Bahoriston“ning ta’siri katta. Serbiyaning fors tilidagi soʻfiy shoiri Favziy (XVII asr) “Bulbuliston” asarini aynan “Bahoriston” uslubida yozgan. “Bahoriston” lotin (1778), nemis (1935, 1964 va 1981), chex (1957), ozarbayjon (1964), rus (1964) tillariga tarjima va nashr etilgan. “Bahoriston” Tojikistonda 1966- va 2008-yillarda nashr etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Баҳористон / А. Афсаҳзод, А. Сатторзода // Асос — Боз. — Душанбе: СИЭМТ, 2013. — (Энсиклопедияи Миллии Тоҷик : [тахм. 25 ҷ.] / сармуҳаррир Н. Амиршоҳӣ ; 2011—2021, ҷ. 2). — ISBN 978-99947-33-52-4.

Havolalar

tahrir