Bahrom Jaloyir
Bahrom Jaloyir (7-1373) - chigʻatoy ulusi beklaridan, jaloyir urugʻidan. 1361-yil oxirida Amudaryo boʻyida Amir Temur qoʻshini safiga kelib qoʻshilgan. Lekin Jeta xoni Tugʻluq Temurdan hayiqib Hindistonga qochgan. 1362-yil Badaxshonda yana Amir Temurga kelib qoʻshilgan va bir muddat moʻgʻullarga qarshi kurashlarda qatnashgan, biroq 1365-yil oxirida butun urugʻini olib Jetaga ketgan. U yerda bir yilcha turgach, yana Amir Temur huzuriga qaytib u bilan birga amir Husaynga qarshi kurashgan. 1373-yil Xorazmga qilingan ikkinchi yurish chogʻida halok boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |