Balmain
Pierre Balmain S. A. savdo brendi Balmain — dizayner Per Balmain tomonidan 1945-yil Parijda asos solingan fransuz modalar uyi. 2005-yilda brend nomi Balmain etib qisqartirildi.
Turi | fashion house va tashkilot |
---|---|
Tarmogʻi | noda |
Egasi | Swatch Group|The Swatch Group Ltd |
Qachon asos solingan |
1945 soat ishlab chiqarish boʻyicha — 1987 |
Joylashuvi | Shveysariya |
Hududiy xizmati | dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | Per Balmain |
Rahbariyat | Olivier Rousteing, bosh dizayner |
Vebsayti | www.balmain.com |
1987-yildan buyon xuddi shu yorliq ostida (2001-yildan — Balmain brendi ostida) Shveysariya konserni Swatch Group nomi bilan ataluvchi qoʻl soatlarini ishlab chiqarib keladi.
Tarixi
tahrir1945-yilda fransuz kutyuresi Per Balmain Parijda oʻzining birinchi butikini ochadi. Unga tegishli ushbu yuqori obroʻga ega modalar uyining mijozlari orasida Vivien Leigh, Jean-Paul Belmond, Katharine Hepburn, Marlen Ditrix, Brigitte Bardot, Sofiya Loren, Jennifer Jones kabi dunyoga mashhur shaxslar ham oʻrin olgan edi.1970-yildan boshlab kompaniya parfyumeriya va aksessuarlar ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻydi.
1993-2002-yillarda Balmain modalar uyining tepasida amerikalik dizayner Oscar de la Renta turadi. Keyinchalik, u modalar uyi badiiy rahbarligi lavozimidan ketganidan soʻng, Per Balmain ham dunyo boʻyalb oʻtkaziladigan yuqori darajadagi moda haftaliklari va shoularda qatnashishni toʻxtatadi.
2005-yilda dizayner Christophe Decarnin Balmain modalar uyining rahbariga aylanadi. U oʻzining birinchi kolleksiyasi ustida ishlayotganda, brend talaffuzini osonlashtirish uchun uning nomini Balmain deb qisqartirishga qaror qiladi.
2011-yilga kelib, 2009-yildan buyon Decarninning yordamchisi vazifasida ishlab kelgan Olivier Rousteing modalar uyining bosh dizayneri etib tayinlandi. Oʻzining eʼtirofiga koʻra, dizayner, ushbu glamourni juda yaxshi koʻrar edi. Uning Balmain brendi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlarining yaratilish uslubi yorqin bezaklar, turli xil patlarning koʻpligi, marvaridlar, jemchug va biserlar yordamida yaratiladigan murakkab kashtalar, shuningdek, oltin va kumush rangli iplar bilan naqshlangan goʻzal kashtalar bilan ajralib turadi. 2012-yilda taqdim etilgan Balmain kuz kolleksiyasi yaratilishida dizayner Peter Carl Fabergé asarlaridan ilhomlangan.
Olivier Rousteing 2017-yilning 13-iyunida Parij operasida xoreograf Sebastien Bertoning „Vozrojdeniye“ baleti premyerasi namoyishi uchun liboslar yaratadi[1].
2018-yilning yozida aktrisa Milla Jovovich Balmain modalar uyining yuziga aylanadi. Shuningdek, raqqosa Sergei Polunin va Daphne Guinness ham brendning kuz-qish kolleksiyasi reklamasi uchun kompaniyaga jalb qilingan.
2018-yilga kelib Olivier Rousteing Balmain yana qayta moda olamida oʻz oʻrnini egallashi kerak degan qarorga keldi. U oʻzining ilk „bahor-yoz — 2019“ kolleksiyasini 2019-yilning yanvar oyida Parijda taqdim etadi[2].
Soat brendi
tahrir1987-yilda Shveysariyaning Swatch Group kompaniyasi Pierre Balmain brendi ostida soat ishlab chiqarish va tarqatish boʻyicha eksklyuziv huquqni qoʻlga kiritadi, 1995-yilda esa soatning savdo nomi bilan bogʻliq barcha huquqlarni sotib oladi[3].
1998-yilda Pierre Balmain miniaturali ayollar xronografi birinchi seriasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi, oradan bir yil oʻtgach, ilk bora toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi titan xronograflari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. 2000-yilda soatning korpusga yashirib ishlangan sayqallangan poʻlat oynali modeli ishlab chiqariladi va 2001-yilda brend dizaynerlari Bazelda tashkil etilgan koʻrgazmada butun dunyoda mushuk koʻzi shaklida ishlab chiqarilgan birinchi soatni taqdim etishadi.
2001-yildan boshlab soat ishlab chiqarishda ham brend nomi qisqartiriladi va mahsulotlar Balmain nomi ostida ishlab chiqarila boshlanadi.
Brendning rasmiy yuzi esa „Miss Shveysariya — 2007“ tanlovi gʻolibi Amanda Ammann edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Первая примерка: Костюмы Balmain для танцоров Парижской оперы“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Оливье Рустен о кутюрной коллекции Balmain весна-лето 2019“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ Istoriya marki Balmain