Barno Abdullayeva
Barno Sayfutdinovna Abdullayeva (1974-yil 20-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (2007), psixologiya fanlari doktori (DSc, 2022), professor (2011).
Barno Sayfutdinovna Abdullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
20-iyul 1974-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirBarno Abdullayeva 1974-yil 20-iyul Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1991—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakuletitda tahsil olgan. 1996—1997-yillarda mazkur universitetning „Algebra va sonlar nazariyasi“ kafedrasida stajyor-tadqiqotchi, 1997—2001-yillarda „Matematika va uni o‘qitish metodikasi“ kafedrasi aspiranti, 2001—2004-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyida matematika o‘qituvchisi hamda ilmiy-uslubiy ishlar bo‘yicha direktor oʻrinbosari, 2006—2008-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Gumanitar fakultetlarda matematika“ kafedrasi dotsenti, 2008—2011-yillarda „Gumanitar fakultetlarda matematika“ kafedrasi mudiri, 2011—2014-yillarda „Boshlang‘ich taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri, 2014—2016-yillarda „Boshlang‘ich taʼlim va jismoniy madaniyat“ fakulteti dekani, 2016—2018-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda[1][2]. Shuningdek, 2022-yildan Toshkent shahar „Oqila ayollar“ harakati yetakchisi[3].
Oilasi
tahrirOilali. Uch nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirBarno Abdullayeva 2002-yilda „Akademik litsey talabalarining matematik tafakkurini rivojlantirish (Umumlashtiruvchi darslar misolida)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2006-yilda „Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2003-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2007-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2005-yilda dotsent, 2011-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 2022-yil „Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv-ilmiy faoliyati motivatsiyasining psixofiziologik determinantlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan[4][5]. Olima 30 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 10 ta monografiya, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir[1].
Unvon va mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2014)[2];
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016)[2];
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021);
- „Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2021);
- „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021);
- „Yil ayoli“ milliy tanlovi „Yilning eng faol olima ayoli“ nominatsiyasi gʻolibi (2021)[6];
- Turon fanlar akademiyasi akademigi (2022).
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Barno Sayfutdinovna Abdullayeva“. 2023-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, Toshkent shahrida «Oqila ayollar» harakati faoliyati tashkil etish uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.“ (2022-yil 6-sentyabr).
- ↑ „Abdullaeva Barno Sayfutdinovnaning fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon“ (2022-yil 5-dekabr).
- ↑ „Abdullayeva Barno Sayfutdinovnaning psixologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida“ (2022-yil 6-dekabr).
- ↑ „“Yil ayoli”: Mudofaa vazirligi vakili tanlovning Toshkent shahar bosqichi gʻoliblari safida“ (2021-yil 3-dekabr).