Bartang
Bartang — Pomirdagi daryo, Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida (bosh qismi Afgʻonistonda), Panj daryosining oʻng irmogʻi (Amudaryoning yuqori qismi). B.ning yuqori oqimi — Oqsuv, oʻrta qismi — Murgʻob, Sarez koʻlidan sal quyiroqda B. deb ataladi. B. — Murgʻob — Oqsuvning uz. 528 km (B.ning uz. 133 km), havzasining maydoni 24,7 ming km². B. Pomir togʻlarini sharqdan gʻarbga chuqur vodiydan kesib oʻtadi. Asosan qor va muzdan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi (quyilish joyida) 128 m³/sek. Daryoda Shujon GES qurilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |