Baxodir Sobirov
Bahodir Sobirov Boypoʻlotovich (1963-yil 17-aprel, Navbahor tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor[1]
Sobirov Baxodir Boypulotovich | |
---|---|
Tavalludi |
17-aprel 1963-yil Navbahor tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirBahodir Sobirov 1963-yil 17-aprel Navoiy viloyati Navbahor tumanida tugʻilgan[2]. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1985—1992-yillarda Navoiy shahar 2-hunar-texnika bilim yurti ishlab chiqarish ustasi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 1992—1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Navoiy bo‘limida ximiya va ximiya texnologiya kafedrasi laboranti, katta laboranti, assistent, katta o‘qituvchi, ximiya-texnologiya fakultetida dekan o‘rinbosari, 1995—1998-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi ixtisoslashgan texnika kolleji direktori, 1998—2000-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti tadbirkorlik va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori, 2000—2010-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2010—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2013—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi raisi o‘rinbosari, 2013—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining Idoraviy metrologik nazorat xizmati rahbari, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar kollejlari faoliyatini o‘quv-metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, 2019-yilda Kasb-hunar taʼlimi tizimini inovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash instituti rahbari vazifasini bajaruvchi, 2019—2020-yillarda Pedagog innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish instituti rektori[3] lavozimida ishlagan. 2020-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti rabhari[4][5][6][7]. Oliy majlis qonunchilik palatasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi insonning erkinliklariga rioya etilishi va konstitutsiyaviy huquqlari boʻyicha komissiya aʼzosi[8][9][10]. „Elektron taʼlim“ va „Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy-uslubiy axborotnomasi“ jurnallarida bosh muharriri.
Ilmiy faoliyati
tahrirBahodir Sobirovning 4 ta hammualliflikda darslik, o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalari chop qilingan. „Polimerlar kimyo“, „Kimyo tarixi“, „Organik kimyo“ singari darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ „4-005-0011 "List of applicants approved for the academic title of professor"“.
- ↑ „Бугун туғилган кун – Собиров Баҳодир Бойпулатович“.
- ↑ „O‘zbekistonda bir kunda 11ta OTMda rahbar o‘zgardi. Avvalroq prezident rektorlar faoliyatini tanqid qilgandi“ (2023-yil 28-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
- ↑ „Sobirov Baxodir Boypulatovich – NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI“.
- ↑ „Bir yoʻla 10 ta OTM rektorlari isteʼfoga chiqarilib, ularning oʻrniga yangilari tayinlandi“ (2020-yil 14-fevral). 2023-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
- ↑ „Bir yo‘la 10 ta rektor lavozimidan ayrildi“ (2020-02-214).
- ↑ „Ўзбекистоннинг 10та ОТМларида ректорлар ўзгарди“ (2020-yil 14-fevral).
- ↑ „INSONNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARI VA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILISHI BO‘YICHA KOMISSIYA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA“.
- ↑ „Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“.
- ↑ „Navoiy davlat pedagogika instituti qoshida hind ilmiy-amaliy oʻquv markazi ish boshladi“ (2022-yil 14-mart). 2023-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.