Baxrom Inoyatov (1917-yil, Toshkent — 1969-yil 18-iyul, Moskva) – aktyor, pedagog, birinchi oʻzbek dirijyorlaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Toshkent konservatoriyasining (A. Kozlovskiy sinfida) dirijyorlik fakultetini (1957) tugatgan. Oʻzbek davlat opera va balet teatri (1948-yildan Navoiy teatri)da dirijyor, 1960—1966-yillarda bosh dirijyor. 1960-yildan Toshkent konservatoriyasida dars bergan. Dastlab „Oqbilak“ (S. Vasilenko, 1943) baleti va „Mahmud Torobiy“ (O. Chishko, 1944) operasining birinchi postanovkalariga dirijyorlik qilgan. Inoyatov repertuarida chet el va oʻzbek kompozitorlarining asarlari bor. „Boʻron“ (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, 1954), „Ulugbek“ (A. Kozlovskiy, 1958), „Gulsara“ (R. Glier, T. Sodiqov, 1963) operalari, „Oqqush koʻli“ (P. Chaykovskiy, 1956), „Maskarad“ (L. Laputin, 1958), „Suhayl va Mehr“ (M. Leviyev, 1968) baletlari va boshqa spektakllarni sahnalashtirishda faol ishtirok etgan, chet el operalarining oʻzbek tiliga tarjimasi muallifi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil